Специальные возможности
23.12.2014

O'zbekiston parrandachilik sanoati yuqori salohiyatga ega

O'zbekiston yangi ish o'rinlarini yaratish va qayta ishlash hamda sotish sohalarini rivojlantirish orqali parrandachilik mahsulotlari bo'yicha yetakchi mintaqaviy eksport qiluvchiga aylanishga harakat qilmoqda. Bu haqida Londonda “Parrandasanoat” assotsiatsiyasi va Abacus Emerging Markets ingliz-avstraliya investitsiyaviy-bank kompaniyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumiga imzo chekish davomida uyushma rahbariyati xabar berdi. Imzolangan memorandumda O'zbekistonda parranda go'shti ishlab chiqarilishini oshirishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. Tomonlar ichki talabni qondirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun parranda go'shtini diversifikatsiya qilish hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish uchun xalqaro kompaniyalar, mahalliy biznes hamkorlar, investorlar va yangi texnologiyalarni jalb qilish borasida kelishib olishdi. Abacus Emerging Markets rahbariyatining fikriga ko'ra, parrandachilik – O'zbekiston qishloq xo'jaligining jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biridir. Ularning qayd etishicha, respublikada kelgusidagi muvaffaqiyatli rivojlanish uchun barcha sharoitlar mavjud. Tomonlarning mahalliy parrandachilikni rivojlantirishga oid yuqori qiziqishi va milliy ustuvorliklar hisobga olinsa, ushbu memorandumning imzolanishi yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali mahsuldorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Shu o'rinda, qayd etish lozimki, bugungi kunda parrandachilik mamlakatimiz agrosanoat kompleksining barqaror va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri xisoblanadi. Sohada qisqa muddat ichida parranda mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholini sifatli parhez mahsulotlari bilan ta'minlashga erishildi. Zotdor parrandalar, ularni ko'paytirish, parvarish qilish va oziqlantirish bo'yicha ilg'or texnologiyalarning amaliyotga joriy etilayotgani, veterinariya profilaktika tadbirlarining amalga oshirilayotgani parrandachilik korxonalarida yuqori ishlab chiqarish ko'rsatkichlariga erishish va ularning barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash imkonini bermoqda.

O'zbekistonda yil boshidan parrandachilikni 10,3 mln. boshga rivojlantirish bo'yicha 788 ta loyiha amalga oshirildi. Mazkur loyihalarni joriy etish uchun tijorat banklari tomonidan parrandachilik xo'jaliklarini yaratishga 85,5 mlrd. so'mga teng mablag' ajratildi. Respublika Statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning 9 oyi yaknulari bo'yicha, tuxum yetishtirish hajmi 12,3 foizga oshdi.

Prognoz parametrlariga binoan, 2015 yilgacha O'zbekistonda parranda soni 60 mln.ga yetadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, buning uchun yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilishdan tashqari, parrandachilik xo'jaliklarini, xususan, veterinariya xizmatlari bilan ta'minlash infratuzilmasi bo'yicha ishlar yo'lga qo'yilishi zarur.


Курсы валют

  • USDUZS
  • 9000.00
  • EURUZS
  • 10020.00
  • RUBUZS
  • 137.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам

Свидетельство об официальной регистрации программы