Сила в доверии
Avval xabar berganimizdek Toshkentda O'zbek-Koreya biznes forumi o'tkazildi. Uning ochilish ma'rosimida so'z olgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o'rinbosari Shavkat To'laganovning ta'kidlashicha, bugungi kunda Koreya O'zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biridir. O'zaro aloqalar avtomobilsozlik, kimyo, neft va gaz, tekstil, oziq-ovqat, axborot texnologiyalari kabi ko'plab sohalarni qamrab olgan.
-Koreys hamkorlarimiz bilan amalga oshirayotgan muvaffaqiyatli loyihalardan biri bu – Navoiyda tashkil etilgan multimodal logistika markazidir. Unga ko'ra, “Korean Air” kompaniyasi bilan hamkorlikda ushbu logistika markazi orqali yiliga yuz ming tonna yuk tashilmoqda. Bu boradagi hamkorlikni davom ettirish maqsadida 2013 yil dekabr oyida “Korean Air” bilan tuzilgan shartnoma yana uzaytirildi. Unga ko'ra, yuk tashish hajmi 300 ming tonnaga yetkaziladi.
Forumda berilgan ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi vaqtda O'zbekiston va Koreya o'rtasida 200 dan ortiq bitimlar imzolangan. So'nggi 15 yil davomida Davlat investitsiya dasturi doirasida 1,5 milliard AQSH dollaridan ziyod koreys investitsiyalari o'zlashtirildi. Bugungi kunda O'zbekistonda 418 ta o'zbek-koreys qo'shma korxonasi, shu jumladan, yuz foizli koreys sarmoyasiga asoslangan 68 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida 78 ta Koreya kompaniyasi vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan.
Biznes forumda eksport operatsiyalari hajmini oshirish, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Koreya bozorida ilgari surish, bu borada xususiy biznes imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga doir ko'plab masalalar muhokama qilindi. Shu nuqtai-nazardan mazkur forum ikki davlat o'rtasida iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi, savdo-sotiq aloqalarining kengayishiga xizmat qiladi
Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама
Последнее обновление сайта: 16.04.2021 12:20:33
Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter
В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.
Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу
Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.