Специальные возможности
25.04.2012

O'zbekiston banklari aholiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarining elektr-maishiy texnikalarini sotib olishlari uchun 104,5 mlrd. so'm ajratadi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.04.2012 yildagi 'Oilalarningijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida' gi qaroriga muvofiq 2012-2014 yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning prognozi hamda 2012 yilda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida jamoa bo'lib foydalaniladigan korxonalarni tashkil etishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi. elektr-maishiy tovarlarni sotib olishlari uchun aholiga tijorat banklari tomonidan ajratilinuvchi iste'mol kreditlarining hajmi tasdiqlandi.
'Mustahkam oila yili' Davlat dasturiga muvofiq chora-tadbirlar kompleksi mahalliy maishiy texnika ishlab chiqarishning ishlab turgan quvvatlarini kengaytirishga, oilalarga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni iste'mol krediti sifatida berishga va jamoa bo'lib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etish yo'li bilan xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga yo'naltirilgan, deya qayd etilgan hujjatda.
Yuqori qo'shilgan qiymat bilan buyuumlarni ishlab chiqaruvchi mashinasozlik, elektrotexnika va aviasiya sanoati korxonalari uch yil mobaynida 283,5 mingta muzlitkich, 106,6 mingta gaz plitalari, 33 mingta kir yuvish mashinalari, 341,2 mingta televizorlar, 53 ming dona chang yutkichlar, 74 ming dona mikroto'lqinli pechlar va boshqa maishiy texnikalar ishlab chiqilgan. Ularning soniga 'Sino' OAJ, 'Pontegreyn' XK, 'Ferette electronics' MCHJ (maishiy muzlitkichlar), Farg'ona gaz apparaturalari zavodi hamda 'Eko Elektron' ShK (maishiy gaz plitalari), 'Zenith Electroniks' MCHJ QK hamda 'Sta-Plast' MCHJ (kir yuvish mashinalari), 'Zenith Electroniks' MCHJ QK va 'Foton' OAJ (televizorlar), 'White Machine technology' MCHJ QK (chang yutkichlar), 'Neo San light' MCHJ QK (mikroto'lqinli pech va kondisionerlar), 'O'zelektroapparat- Elektroshit' OAJ QK (elektr dazmollar) va boshqalar.
Yuqori iste'mol xususiyatiga ega, talab katta bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha mahalliy sanaotchilarning intilishlari sotish borasida hukumat tomonidan mustahkamlanmoqda.
Taxminlarga ko'ra, 'Mustahkam oila yili' Davlat dasturi doirasida O'zbekistonning tijorat banklari aholiga 2012-2014 yillarda maishiy elektr uskunalarinini sotib olish uchun 104,5 mlrd. so'mlik istemol kreditlarini ajratadi. Eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdordagi kreditdlar 3 yilgacha bo'lgan muddatga rasmiylashtiriladi. Faqat pasportning nusxasi, ish joyidan ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma, shuningdek kredit bo'yicha ta'minlash, shu jumladan uchinchi shaxslarning kafilligida ta'minlash kabilar taqdim etladi. Shu jumladan ajratilgan kreditlar uchun foiz stavkasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshirilmagan hajmda o'rnatiladi. Joriy yilda yurtimiz aholisiga 30 mlrd. so'mlik kredit vositalari ajratilishi rejalashtirilgan.
Hujjatda asosiy e'tibor tadbirkorlik sub'ektlari, shuningdek tijorat bannklari va boshqa moliya tashkilotlarining shaxsiy mablag'lari hisobidan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida jamoa bo'lib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etish, rekonstruksiya va ularni ta'minlashga qaratilgan. Maqsad– xotin-qizlar mehnatlarini yengillashtirish, ularining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, faol jamoat, madaniy, ijtiomiy va iqtisodiy faoliyat, bolalarni tarbiyalash sohalarda vaqtdan yanada samarali foydalanishga qaratilgan.
2012 yilda mamlaktda 75 ta kirxonalarni tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun mamlakatimizning tijorat banklariga kir yuvish xizmatlari ko'rsatishni tashkil etish uchun kir yuvadigan mashina-avtomatlar va boshqa texnologik asbob-uskunalarni sotib olish uchun tadbirkorlik sub'ektlariga belgilangan tartibda kreditlar berish va lizing xizmatlarni ko'rsatish uchun maxsus kredit liniyalari ochish taklifi kiritildi.


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8620.00
  • EURUZS
  • 9770.00
  • RUBUZS
  • 138.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам