Сила в доверии

НБУ в соцсетях:

O'zbekiston bankirlari mizojlar bilan ishlash bo'yicha Germaniya tajribasini o'rganishdi

05.10.2014 982

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Germaniya jamg'arma kassalari uyushmasi tomonidan tijorat banklari rahbarlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Mazkur tadbir Prezidentimizning «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi Qarori doirasida mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish masalalariga bag'ishlandi.

Qayd etish joizki, hujjatda 2011-2015 yillarda aholi va xo'jalik subyektlarining tijorat banklaridagi depozitlari hajmini 2,5 martaga oshirish ko'zda tutilgan bo'lib, ushbu natijaga erishish maqsadida, Markaziy bank tashabbusi bilan joylarda aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash masalalriga qaratilgan amaliy seminar va treninglar doimiy ravishda o'tkazib kelinmoqda.

Anjumanda ta’kidlanganidek, bank xizmatlari samaradorligini ta'minlash va aholining bank-moliya tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlashda bevosita mijozlar bilan ishlaydigan bank maslahatchilari muhim o'rin tutadi.

Ayni paytda, tijorat banklari aholining turli qatlami va yoshini qamrab olgan birqancha jamg'armalarni mijozlarga taklif etib, bank xizmatlaridan foydalanish darajasining o'sishi tufayli, bugungi kunda mamlakatimizda har ming kishi nomiga 1028 ta bank hisobraqami ochilishiga erishilgan.

Anjumanda Germaniya jamg'arma kassalari uyushmasi vakillari mamlakatimiz rahbariyati tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan izchil islohotlar banklarning kapitallashuvi, barqarorligi va likvidligini tobora mustahkamlash, ko'rilayotgan aniq maqsadli chora-tadbirlar milliy iqtisodiyotni yanada yaxshilashga xizmat qilayotganini e'tirof etdilar.

Shu bilan bir qatorda, xorijlik mutaxassislar banklarda mijozlar bilan ishlash boshqaruvini tashkil etish, jamg'armalar bo'yicha moliyaviy konsepsiyalarni ishlab chiqish bo'yicha o'z mamlakatlarida to'plangan boy tajribalar bilan o'rtoqlashdilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bank axborot-maslahatchilarining faoliyati faqat mijozlarga xizmatlar taklif etish va xizmat ko'rsatish bilangina cheklanib qolmasdan, yangi mijozlarni jalb etish va ular bilan ishlashga e'tibor kuchaytirishlari lozim.

Davra suhbatida shuningdek, aholini banklarga jalb etish hamda moliya tashkilotlari mutaxassislari ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishdagi professional bilimlarini kengaytirish masalalari tahlil etildi.

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

В Узбекистане стартовал «Global money week»

20.04.2021

Вниманию клиентов Банка

19.04.2021

АО «Узнацбанк»: большой вклад в решение социально-экономических вопросов населения

19.04.2021

АО «Узнацбанк» объявляет конкурс на услуги по внедрению цифрового банкинга

14.04.2021

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 20.04.2021 13:32:55

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.