Сила в доверии
O`zmilliybank tomonidan mijozlarga qulay va tezkor xizmat ko`rsatish, masofaviy xizmat turlarini rivojlantirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy ta`minot hamda texnik qurilmalardan keng foydalanish yo`lga qo`yilmoqda.
Buning uchun Bankning IT-platformasi yangilanib, bo`lim va filiallar ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan yengillashtirish va ish hajmlarini maqbullashtirish tadbirlari olib borilmoqda.
Bankning iqtisodiy samaradorligi kam, operatsion harajatlar miqdori ko`p bo`lgan Shahrixon va Qo`rg`ontepa filiallarini Andijon bo`limiga, Marg`ilon filialini Farg`ona bo`limiga, Kattaqo`rg`on filialini Samarqand bo`limiga, Olmaliq va Chirchiq filiallarini Toshkent viloyati bo`limiga va Xiva filialini Urganch bo`limiga birlashtirish rejalashtirilgan.
Ushbu filiallar joylashgan tumanlarda aholi gavjum bo`lgan hududlarda 2 tadan xizmat ko`rsatish markazlar faoliyati yo`lga qo`yiladi.
Mazkur xizmat ko`rsatish markazlarida bank mijozlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan holda bank xizmatlari ko`rsatish davom ettiriladi hamda aholi uchun qulay bo`lgan zamonaviy avtomatlashtirilgan to`lov uskunalari bankomat, infokiosklar va boshqa zamonaviy uskunalar bilan ta`minlanadi.
Birlashtirilayotgan filiallarda ishlab kelayotgan xodimlar malakasini oshirish, qayta o`qitish va yangi chakana bank mahsulotlari bo`yicha ularni ixtisoslashtirgan holda tashkil qilinayotgan markazlarda ish faoliyatlarini davom qildirish ishlari amaldagi mehnat qonunchiligi talablari doirasida olib boriladi.
Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама
Последнее обновление сайта: 19.04.2021 12:26:27
Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter
В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.
Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу
Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.