Сила в доверии

Background
Кредит на образование
Кредит для очной, вечерней, заочной форм обучения
Подробнее
Background
Visa Direct
Мгновенные переводы без особых усилий!
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

“O'ZMILLIYBANK”: IQTISODIY TARAQQIYOT SARI DADIL QADAMLAR

16.09.2016 3196

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKI FAOLIYATINI BOSHLAGANIGA JORIY YIL 7 SENTYABR KUNI 25 YIL BO'LDI. MAMLAKATIMIZNING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG'ANIYEVICH KARIMOVNING 1991 YIL 7 SENTYABRDAGI FARMONIGA BINOAN TASHKIL ETILGAN MAZKUR MOLIYA MUASSASASI O'TGAN DAVR MOBAYNIDA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR SOHASIDA MUSTAQIL SIYOSATNI RO'YOBGA CHIQARISH, TASHQI IQTISODIY FAOLIYATGA XIZMAT KO'RSATISHNI TA'MINLASH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH, RESPUBLIKANING VALYUTA MABLAG'LARINI JAMLASH, ULARDAN MAQSADLI FOYDALANISH KABI QATOR VAZIFALARNI MUVAFFAQIYATLI BAJARIB KELMOQDA.

   Ta'kidlash joizki, 1992 yilda Milliy bank dunyodagi 83 ta eng katta bank bilan vakillik munosabatlari o'rnatgan bo'lsa, 2016 yilning 1 sentyabr holatiga bankning vakillik tarmog'i jahonning 80 dan ortiq mamlakatiga mansub qariyb 683 ta xalqaro moliya muassasasini qamrab olgan. “O'zmilliybank” hamkorlarining geografiyasi ancha keng bo'lib, MDH mamlakatlari, G'arbiy va Sharqiy Yevropa, Amerika, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mam¬lakatlari va Avstraliyani o'z ichiga olgan. Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki, Germaniyaning KfW banki, Islom taraqqiyot banki, OPYeK fondi, Koreyaning Eksimbanki, Xitoy davlat taraqqiyot banki va Eksimbanki kabi bir qator nufuzli xorijiy moliya tashkilotlari shular sirasiga kiradi.                                                                                                                              Shu tariqa faoliyat geografiyasini MDH, o'arbiy va Sharqiy Yevropa, Avstraliya, Amerika, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlariga qadar kengaytirgan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xorijlik investorlarni mamlakatimiz investitsiya bozoriga jalb qilishda etakchilik qilib keladi. Bank tomonidan yo'lga qo'yilgan xalqaro hamkorlik doirasida 1991-2016 yillarda qariyb 10 milliard AQSh dollaridan ortiq investitsiyalar va kredit liniyalari jalb qilingani ham fikrimiz tasdig'idir. Bunda, albatta, mamlakatimiz bank tizimi islohotlari muhim omil bo'lmoqda. Birgina misol. Hammangizga ma'lumki shu yili iyun oyida poytaxtimiz Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining 15 yillik anjumani bo'lib o'tdi. ShHT anjumani doirasida ushbu tashkilotning Banklararo Birlashma Kengashining majlisida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raislik qildi.                                                                                                                                                                      Majlis davomida ShHT BB Kengashiga raislik qiluvchi “O'zmilliybank” raisligi ostidagi investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, ShHT makonida va Osiyo mintaqasida faoliyat olib borayotgan xalqaro moliya institutlari bilan o'zaro aloqalarni rivojlantirish sohasida hamkorlikni faollashtirish muhimligini, shuningdek, o'rta muddatli istiqbolda ShHT BBni yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 100 ga yaqin bo'lim hamda filiallari, 35 ta minibanklari respublikamiz aholisiga, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga tezkor, sifatli, qulay, eng muhimi, ishonchli xizmat ko'rsatib keladi. Taraqqiyot yangi yutuqlar garovidir. Shu ma'noda aytish joizki, tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarining keng jalb etilishi, ulardan yaxshi xabardor mutaxassislarning xizmat ko'rsatishi mijozlarga yanada ko'proq qulaylik va imkoniyatlar yaratmoqda.                                                                                                                                                                                                                            Bu jihatlar bank-moliya hisobotlarining, turli bank operatsiyalarining masofaviy amalga oshirilishi, elektron imzo hamda mijozlarning elektron murojaatlari yo'lga qo'yilgani, onlayn tizimda ishlaydigan bank plastik kartochkalarining muomalaga chiqarilgani kabi zamonaviy va xalqaro standartlar asosida xizmat ko'rsatish tizimida ham ko'zga tashlanadi. Shu o'rinda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 25 yillik faoliyati mobaynida mamlakatimizning eng yirik moliya muassasasi sifatida xalqaro miqyosda ham o'z nufuzini yil sayin mustahkamlab borayotganini alohida e'tirof etish joiz. Bank har yili mashhur xalqaro nashrlarning nufuzli reytinglarida qatnashib, jahon bank tizimida ilg'or mavqelarni dadil egallab kelmoqda. Misol uchun, Milliy bank “The Banker” nashri tomonidan har yili e'lon qilinadigan jahonning 1000 ta eng yirik banklari reytingini 1993 yildan buyon zabt etib keladi.                                                                                               Bundan tashqari, Milliy bank 2007 yildan buyon “Moody’s Investors Service”, 2008 yildan e'tiboran esa “Standard&Poor’s” nufuzli xalqaro moliya institutlari bilan faol hamkorlik qilib keladi. Bugungi kunda mazkur bank mamlakatimizda ushbu xalqaro reytinglarni olib, dadil saqlab kelayotgan kredit-moliya muassasasi hisoblanadi. Ya'ni, barcha reytinglar “barqaror” reyting prognozga egadir. Yetakchi xalqaro reyting agentliklarining bu kabi yuksak baholarini olish va saqlab qolish masalasi bank sektori ham, butun mamlakat iqtisodiyoti ham xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tizimga yanada muvaffaqiyatli kirib borishining dolzarb va muhim sharti hisoblangan bugungi sharoitda bu ko'rsatkich va e'tirof nihoyatda muhimdir.                                                                                                                                                                                         Alohida e'tiborli yana bir jihat shundaki, Milliy bank iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirishda faol qatnashib, istiqbolli loyihalar tashabbuskori sifatida bir necha bor qatnashdi va yangi moliya marralarini bosib o'tishda birinchilardan bo'lib o'z vazifasini ado etdi. Xususan, Milliy bank xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi mustaqil siyosatni shakllantirish va amalga oshirish jarayonlari boshida turdi, samarali tashqi iqtisodiy faoliyatni ta'minladi, davlatimizning valyuta resurslaridan aniq maqsadlarda foydalandi.                                                                                                                              Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatining strategik yo'nalishlari iqtisodiyotning yuksak texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash, ishlab turgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori samarali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini joriy etish chora-tadbirlarini moliyalashtirish, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash, mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanish, ularni qayta ishlashga asoslangan, import qilinayotgan iste'mol mollari o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni barpo etish hamda rivojlantirishdan iborat. Bank mamlakatning moliyaviy xizmatlari bozorida chakana bank biznesini rivojlantirish bo'yicha etakchi o'rinlarni mustahkam egallab kelmoqda. Jismoniy shaxslarga taqdim etilayotgan xizmatlar ro'yxatida, shak-shubhasiz, depozit operatsiyalari birinchi o'rinda turadi.                                                                                                                                                                                                Aholi omonatlari hajmi 2015 yil davomida so'm ekvivalentida 171,8 milliard so'mga ko'payib, 2016 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, 1013,4 milliard so'mni, shu jumladan, milliy valyutadagi depozitlar bo'yicha 691,3 milliard so'mni va xorijiy valyutadagi depozitlar bo'yicha 340,1 milliard so'm yoki 121,0 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2016 yil 1 yanvar holatiga milliy va xorijiy valyutalardagi o'z hisobvaraqlariga ega bo'lgan omonatchilar soni qariyb 3,5 million kishiga etdi. Bu esa aholining bankka ishonchi ortganidan, uni omonatlar qaytarilishi hamda foizlar to'lanishini kafolatlovchi ishonchli va barqaror moliya instituti deb hisoblayotganlaridan dalolat beradi.                                                                                                    Shu o'rinda alohida e'tirof etish joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini yanada kengaytirish hamda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish maqsadida izchil islohotlar amalga oshirilib kelinadi. Bunda sohaga doir qabul qilingan farmon va qarorlar muhim dasturilamal bo'lmoqda. Pirovardida mamlakatimizning eksport salohiyati izchil yuksalib, taraqqiy etib borayapti.                                            Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasining faoliyati ham bu kabi islohotlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida mazkur jamg'arma tomonidan mahsulot va xizmatlarni eksport qilish maqsadida 1 ming 600 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektiga tashkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko'rsatilgan. Natijada umumiy qiymati 1 milliard 320 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalari imzolanib, ular doirasida 379 tadbirkor 643 million AQSh dollarilik eksportni amalga oshirgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kichik biznesni rivojlantirish dasturi doirasida xorijiy banklar va moliya muassasalarining hamda o'z mablag'larini o'zlashtirish hisobiga loyihalarni ko'rib chiqish, ularni moliyalashtirishga doir faoliyati ham e'tiborga molik.                               Jumladan, kichik biznes sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash uchun bank tomonidan 2015 yilda 1,8 trillion so'm miqdorida kreditlar ajratilgan bo'lsa, joriy yilning I-yarim yilligida 1,3 trillion so'mdan ortiq kreditlar yo'naltirildi. Buning natijasida 5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari tashkil etildi. Kichik biznes sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashda xalqaro moliyaviy tashkilotlarining mablag'larini jalb etish ham sinalgan usuldir. Shu bois Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 2016 yil 29 iyunda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish loyihasi doirasida 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablag'ni jalb etish bo'yicha bosh kelishuv imzolandi. Bu mablag'lar meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilishi ko'zda tutilgan.                                                                                                                                                              Shuningdek, bank tomonidan qishloq va suv xo'jaligida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qayta moliyalashtirilgan Xitoy Eksimbankining 34,5 million AQSh dollarilik kredit mablag'lari hisobidan Andijon, Navoiy va Namangan viloyatlaridagi 8 ta yirik nasos stantsiyalarida qayta ta'mirlash ishlari bajarildi. Ushbu nasos stantsiyalarni zamonaviy elektr tejovchi nasos agregatlar bilan ta'mirlash hisobiga 50 ming gektar er maydoniga suv etkazish rejalashtirilgan. Hozirda bu kabi yana bir nechta yangi loyihalarni amalga oshirish ustida ishlar boshlab yuborilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimizdagi eng yirik investitsiya banki hisoblanadi. Shu bois moliya muassasasining investitsiya va kreditlash faoliyati asosan energetika, neft-gaz, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, to'qimachilik sanoatlari, aloqa, transport, turizm infrastrukturasi, qishloq xo'jaligi kabi sohalarni rivojlantirishga qaratilgan.                                                                  Bugungi kunda bankning o'z mablag'lari hamda bir qator xorijiy banklarning kreditlari hisobidan mamlakatimizdagi ko'plab strategik muhim ob'ektlar qurilishi va yangilanishi bo'yicha yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu o'rinda innovatsiya va iqtisodiyotning strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish borasida bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalish joiz. Bunda faxr qilsa arzigulik natijalarga erishilgan. Qayd etish joizki, nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosida e'tirof etilgan yirik loyihalarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o'z kredit mablag'lari bilan faol hissa qo'shdi.                                                                                                                                                                    Bular Surg'il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini ishga tushirish, Muborak gazni qayta ishlash zavodida siqilgan gaz ishlab chiqarishni kengaytish uchun propan-butan uskunasini qurish, “O'zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi korxonalarini burg'ulash uskunalari bilan ta'minlash va yana bir juda yirik loyiha — “Angren-Pop” yo'nalishi bo'yicha elektrlashgan temir yo'l liniyasining ishga tushirilishida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning xorijiy hamkorlari o'z kredit mablag'lari bilan ishtirok etdi. Bunday samarali faoliyat izchil davom ettirilmoqda.            Albatta, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tizimida qo'lga kiritilayotgan bu kabi yuksak natijalar xalqaro miqyosda ham munosib e'tirof etilmoqda. Jumladan, “Moody’s Investors Service” hamda “Standard&Poor’s” nufuzli xalqaro moliya institutlari mazkur bank faoliyatini yuqori baholaydi. Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida “Moody’s Investors Service” hamda “Standard and Poor’s” xalqaro reyting agentliklari tomonidan bankka “barqaror” reyting prognozi berildi. Xulosa qilib aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyati bugungi islohotlarimiz, xalqimiz turmushi farovonligi, iqtisodiyotimiz yuksalishi yo'lidagi keng ko'lamli sa'y-harakatlarimizga hamohang taraqqiy topmoqda.
SAYDAHMAD  RAHIMOV,
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi
 

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

АО "Узнацбанк" приглашает на торги E-auksion

Уважаемые клиенты АО «Узнацбанк»

Выгодные условия по ипотеке от АО "Узнацбанк"

АО "Узнацбанк" объявляет отбор наилучших...

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 27.07.2024 02:12:19

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Вернуться к списку тем


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Насколько ответ оказался полезным?

Служба поддержки NBU

Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU

Выберите интересующую тему

Служба поддержки NBU

Выберите интересующую тему

Для разблокировки карты необходимо обратиться в филиал, где была открыта карта, предъявив документ, удостоверяющий личность.
Смс уведомление карты Uzcard можно активировать через банкомат. Смс уведомление карты Humo активируется через филиал, в котором была открыта карта.
Вы можете заказать все карты в национальной и иностранной валюте удаленно с помощью приложения Milliy.
  • Если вы забыли ПИН-код своей карты, необходимо обратиться с документом, удостоверяющим личность, в филиал банка, где была открыта карта.
  • В случае утери карты (UzCard/HUMO) вы можете самостоятельно заблокировать ее через приложение банка “Milliy” или позвонить по номеру (78) 148-00 10 и попросить операторов заблокировать карту.
Процедура идентификации осуществляется дистанционно, непосредственно в самом приложении Milliy. Для чего необходимо на главном экране в приложении нажать на иконку photo_2023-04-28_11-16-22.jpg в верхнем левом углу, а затем в меню выбрать опцию «Идентификация» и пройти все ее этапы.
  • Для изменения номера, зарегистрированного в приложении Milliy, вы можете обратиться в удобный для вас филиал Узнацбанка с документом, удостоверяющим личность.
  • Электронный кошелек - система, позволяющая хранить средства, а также переводить деньги через приложение на счет или банковскую карту.
  • Сбросив пароль, вы вводите «ответ на секретный вопрос».
В настоящее время в Узнацбанке доступны международные денежные переводы “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift”, а также “Сбербанк”.
Пользователи мобильного приложения Milliy могут получать переводы из России с помощью сервиса "Сбербанк Онлайн" на электронный кошелек в национальной валюте, на карту UzCard или HUMO Узнацбанка.

Перевод осуществляется в рублях - при поступлении на электронный кошелек или карту он автоматически конвертируется в сумы. Дополнительные комиссии не взимаются.
  • Visa Direct - это услуга по отправке денежных средств через мобильное приложение “Milliy" в более чем 50 стран мира, в том числе на карты Visa банков Узбекистана.
  • документ, удостоверяющий личность
  • контрольный номер перевода
  • ФИО отправителя
  • страна отправителя
  • ожидаемая сумма денег
  • NBFAUZ2X
Имеется возможность удаленного открытия, пополнения и самостоятельного мониторинга вкладов АО "Национальный банк ВЭД РУ"  через приложение “Миллий”.
  • Для передачи права распоряжения своим вкладом третьему лицу необходимо иметь доверенность, заверенную через Нотариальную контору.
  • Нет. Онлайн-вклад закрывается через приложение.
  • Капитализация - это добавление начисленных процентов к основной сумме вклада.
  • Они не имеют фиксированного срока для вывода средств, и вкладчик может получить свои средства в любое время.
- Паспорта учредителей, директора, главного бухгалтера;
- Приказ о назначении директора;
- Гувохнома (Сертификат);
- Решение учредителей;
- Лицензии;
- Кадастр/тех паспорт залога;
- Фотографии залога;
- Договор с поставщиком;
- Копия арендного соглашения/свидительство
праве собственности на помещение, в котором ведется бизнес;

Настоящий перечень не является исчерпывающим для рассмотрения вопроса кредитования, и сотрудники Банка могут запросить другую информацию и документы, касающиеся рассматриваемого проекта
Срок обработки варьируется от 1 до 3 дней, в зависимости от полноты предоставленных документов.
Для кредита принимаются различные виды обеспечения, включая залог недвижимости, автотранспорта, а также поручительства физических или юридических лиц
Возможно досрочное погашение кредита без штрафных санкций
Срок регистрации предприятии должен быть свыше 1 года
Важно отметить, что помимо основного процента по кредиту, могут возникнуть расходы на страхование и оформление залога. Однако, скрытных расходов не предусмотрено
- Учредительные документы компании (устав, свидетельство о регистрации).
- Документы, подтверждающие полномочия представителей компании.
- Договор на приобретаемый автомобиль.
- Документы, подтверждающие право собственности на залоговое имущество (если требуется залог).
- Профессиональная консультация и поддержка: Специалисты  всегда готовы предоставить профессиональную консультацию и поддержку на всех этапах оформления и помогут клиентам максимально эффективно использовать предлагаемые кредитные продукты.
- Возможность выбора оптимального срока и размера кредита.
- Простота оформления: Минимальные требования к документам и быстрый процесс рассмотрения заявок.
- Поддержка бизнеса: Финансирование, которое помогает обновить автопарк
Национальный банк стремится обеспечить быстрый и эффективный процесс рассмотрения заявок. Средний срок рассмотрения заявки на автокредит для юридических лиц составляет от 3 до 5 рабочих дней.
Залогом может служить приобретаемый новый автомобиль.
Возможность приобретения новых автомобилей от официальных дилеров.

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос