Сила в доверии

НБУ в соцсетях:

"O‘zmilliybank" AJ va Visa Internationaldan "Eco aksiya"

19.10.2020 501

Yaqinda "O'zmilliybank" AJning Visa International xalqaro to'lov tizimi bilan komissiyasiz Visa Direct oʻtkazmalari bo'yicha qo'shma aksiyasi yakunlangan edi. Biroq Bank Visa bilan hamkorlikda navbatdagi sovrinli qo'shma aksiyani boshlab yubordi.

Yangi aksiya O‘zmilliybankning Visa kartalari egalari o‘rtasida 2020 yil 15 oktabrdan 2021 yil 31 martgacha o‘tkaziladi. Unda Visa to‘lov kartalarining barcha turlari jalb qilingan - Virtual, Classic, Gold, Platinum, Milliy Bank-MAK Visa Gold kobrend kartasi, Milliy Bank-MAK Visa Platinum kartasi, Infinite.

Aksiyaning har oylik o‘yinlarida ishtirok etish uchun karta egalari 10 va undan ortiq AQSh dollari miqdoridagi qiymatga tranzaksiyalarni amalga oshirishi kerak. Bu savdo-servis korxonalari terminallarida yoki internet tarmog‘ida tovarlar / xizmatlar uchun to‘lovlar, boshqa bankka Visa Direct servisi yordamida o‘tkazmalar bo‘lishi mumkin. Aksiyada bankomatlar va terminallar orqali naqd pul mablag‘larining konversiyalari va yechib olinishlari bo‘yicha tranzaksiyalar hisobga olinmaydi. Aksiya g‘oliblari Random.org servisi yordamida aniqlanadi.

Oraliq aksiyalarda quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:

1-o‘rin - elektromoped;

2-o‘rin - elektrovelosiped;

3-o‘rin - sportzalga abonement;

4-o‘rin - velosiped;

5-o‘rin - giroskuter.

Aksiya o‘tkazish davrining yakunida bosh sovrin - elektromobil o‘ynaladi. Aksiya boshlanishidan boshlab 100 va undan ortiq AQSh dollari qiymatida tranzaksiyalarni amalga oshirgan O‘zmilliybank Visa kartalarining egalari o‘yin ishtirokchisi bo‘ladi.

Aksiyani tayyorlashda va sovrinlarni tanlashda siyqasi chiqqan noutbuklar, planshetlar va smartfonlardan biroz chetlashishni istadik. 21 asr uchun sog‘lom turmush tarzi mavzusi so‘zsiz dolzarb hisoblanadi, chunki ekologiya yomonlashishi tendensiyalari, zamonaviy turmushning sur’atlari odamlarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozirgi kunda mamlakat aholisini va ayniqsa yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga qiziqtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, ekologik madaniyat va atrof-muhitni muhofaza qilish juda muhim hisoblanadi.

Shunday qilib, ekologiyani saqlash, sportni va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga o‘zimizning katta bo‘lmasada o`z hissamizni qo‘shish g‘oyasi tug‘ildi. Yuqorida sanab o‘tilganlarning bir timsoli sifatida ajoyib mukofotlar bilan "Eco aksiya" paydo bo‘ldi.

O‘zmilliybank barchani aksiyada ishtirok etishga taklif qiladi va omad tilaydi!

7
1



Читайте также

Смотреть все новости

АО «Узнацбанк» объявляет конкурс на услуги по внедрению цифрового банкинга

14.04.2021

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на строительство экспресс-пункта

14.04.2021

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на чистку стеклопакетов Центрального офиса

13.04.2021

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на строительство экспресс-пункта

13.04.2021

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 16.04.2021 12:20:33

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.