Сила в доверии

Background
Кредит на образование
Кредит для очной, вечерней, заочной форм обучения
Подробнее
Background
Покупайте в рассрочку без наценок
0% переплат, 0 сум первый взнос, до 12 месяцев. Тысячи магазинов-партнеров по всему Узбекистану.
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

“O‘zmilliybank” AJ dunyoning eng yirik banklari ishtirokida “Investor day" xalqaro konferensiyasini tashkil etdi

07.07.2023 440

                                                                     

Joriy yilning 6 iyul kuni "Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat" xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati tomonidan "Investor Day" - "Yangi O‘zbekistonning investitsiya salohiyati" xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — xorijiy banklar va investorlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun amaliy maydon yaratish, shuningdek, yangi O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini, uning salohiyatini, biznes va investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlarini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda dunyoning eng yirik banklari – Xitoy Davlat taraqqiyot banki, JP Morgan (AQSh), Deutsche Bank (Germaniya), Commerzbank (Germaniya), LBBW (Germaniya), KfW-IPEX Bank (Germaniya), DZ BANK (Germaniya), NATIXIS (Fransiya), Societe Generale (Fransiya), Credit Agricole (Fransiya), UBAF (Fransiya), Standard Chartered Bank (Buyuk Britaniya), Barclays (Buyuk Britaniya) vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ikki sessiyadan tashkil topdi. Birinchisi, so‘nggi 6 yil ichida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlandi. Ushbu islohotlarni amalga oshirish natijasida mamlakat qiyofasi tubdan o‘zgardi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish va jahon bozorlariga ishonchli kirib borish, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalaridagi progressiv siljishlar borasida katta yutuqlarga erishdi. Buning natijasida O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari jadal rivojlanmoqda. Masalan, so‘nggi 6 yil ichida tashqi savdo hajmi 2,5 baravar oshdi va 50 milliard AQSh dollariga yetdi.

     

Keng ko‘lamli va samarali islohotlar natijasida mamlakat YaIM 80 milliard AQSh dollaridan oshdi, eksport hajmi esa 19 milliard AQSh dollariga yetdi.


Xususan, qulay fiskal tizim yaratildi. Tashqi savdo erkinlashtirilmoqda - investorlar uchun 7 mingdan ortiq xom ashyo va tovarlarga bojxona to‘lovlari bekor qilindi. Bojxona hududida hujjat aylanishining soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.

Yangi bozorlarga kirib borish uchun Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish ishlari tezlashmoqda.

Byurokratik to‘siqlar qisqartirildi. Biznesni tartibga solish bo‘yicha davlatning 500dan ortiq funksiyalari, shuningdek 130dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi. Loyihani boshlashdan tortib, uni "yagona oyna" tamoyili bo‘yicha ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayon vujudga keldi. Qisqa qilib aytganda, investorlar bilan ishlashning yaxlit tizimi joriy etildi. Natijada so‘nggi 6 yil ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 3 baravarga oshib, 10 milliard AQSh dollariga yetdi.


Ikkinchi sessiya davomida “O`zmilliybank” AJning yirik korporativ mijozlari - "Navoiy kon - metallurgiya kombinati" AJ, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, "O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ, Savdo-sanoat palatasi, "O‘zbekgidroenergo" AJ va "Texnopark" MChJning rahbarlari so‘zga chiqdilar.

    

Xorijiy banklar va investorlarga 2023-2026 yillarda yirik tarmoq korxonalari va kompaniyalari tomonidan Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasiga muvofiq amalga oshiriladigan kon metallurgiyasi, transport, to‘qimachilik, energetika, elektrotexnika va boshqa sohalardagi umumiy qiymati 3,8 milliard AQSh dollari bo‘lgan istiqbolli loyihalar namoyish etildi. 

     

“O‘zmilliybank” AJ tomonidan tashkil etilgan "Investor Day" xalqaro konferensiyasi investorlar va loyiha tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorligi uchun ishbilarmonlik maydonini yaratdi, namoyish etilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun o‘ziga xos taklif bo‘ldi, hamkorlik uchun yangi ufqlar ochdi, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash imkonini berdii. Bularning barchasi qo‘shma o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishni boshlash uchun turtki bo‘ladi.

     

Tadbirning boy dasturi davomida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu esa tomonlarga uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish, shuningdek, aniq investitsiya takliflarini birgalikda amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish borasida muhim qadam bo‘ldi.

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 28.02.2024 01:08:03

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Служба поддержки NBU


Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU


Выберите интересующую тему

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос