Сила в доверии
MilliyOn
Важные покупки сейчас!
MilliyOn
Важные покупки сейчас!
Авто платеж
Наслаждайтесь своим свободным временем!
Авто платеж
Наслаждайтесь своим свободным временем!
Вклады в Milliy
Делайте вклады ещё выгоднее!
Вклады в Milliy
Делайте вклады ещё выгоднее!
MasterCard Virtual
Онлайн оплаты без комиссий!
MasterCard Virtual
Онлайн оплаты без комиссий!
Visa Direct
Мгновенные переводы без особых усилий!
Visa Direct
Мгновенные переводы без особых усилий!
Переводы из Сбербанка
По самому выгодному курсу с НБУ!
Переводы из Сбербанка
По самому выгодному курсу с НБУ!
2020 yil 11 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ da bank aksiyadorlarining 2019 yil yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 noyabrdagi PQ-4540-sonli Qaroriga asosan Bankning yuridik shakli o‘zgartirilib, unitar korxonadan aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilindi. Unga binoan Bankning ta'sischilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (41,5 %) va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (58,5%) etib belgilangan.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Yig‘ilish davomida Bank rahbariyatining 2019 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti tinglandi. 2020 yil 1 yanvar holatiga "O‘zmilliybank" AJ aktivlari 66,6 trln. so‘mni, kredit portfeli 55,0 trln. so‘mni, xususiy kapitali 13,1 trln. so‘mni, jalb qilingan depozitlari 15,3 trln. so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, yig‘ilish davomida “Ernst &Young” AT MChJ xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan 2019 yil yakunlari bilan bank faoliyatining auditi bo`yicha hisoboti eshitildi. Yil yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan auditorlik хulosasiga asosan, sof foydaning bir qismi dividend sifatida va qolgan qismi ustav kapitalni oshirishga yo‘naltirilishi haqida qaror qabul qilindi.
Yig‘ilishda Bank Kuzatuv kengashining yangi tarkibi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nasritdinxodjaev Omonullo Zabixullaevich Kuzatuv kengashining Raisi sifatida tasdiqlandi.
Kuzatuv kengashining tarkibiga ilk bor mustaqil a'zo sifatida “Old Street Advisory Limited” (London, Buyuk Britaniya) kompaniyasi eksperti Muslimov Elbek qabul qilindi. Elbek Muslimov AQShning Yel biznes maktabini (Yale School of Management) biznes boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan, Citigroup Inc., Deutsche Bank, Goldman Sachs Group xalqaro moliyaviy tashkilotlarida faoliyat yuritgan.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga asosan, "O‘zmilliybank" AJ boshqaruvi Raisi va a'zolari bilan mehnat shartnomalari muddatini uzaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bank aksiyadorlari tomonidan "O‘zmilliybank" AJ boshqaruv Raisi hamda boshqaruv a'zolari bilan mehnat shartnomalarini uzaytirish bir ovozdan ma'qullandi.
Yig‘ilishda shuningdek, bankda transformasiya jarayonlarining amalga oshirilishi va bankning 2020 yil uchun istiqbolli ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Yig‘ilish yakunida Kuzatuv kengashi raisi tomonidan "O‘zmilliybank' AJda Korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy talablar bo`yicha takomillashtirish va har chorakda Kuzatuv kengashi yig‘ilishlarini o‘tkazib, bankning moliyaviy ko‘rsatkichlarini muhokama qilib borish vazifalari belgilab berildi.
“O‘zmilliybank” AJ aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqilib muhokama natijalari bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама
Последнее обновление сайта: 23.04.2021 13:58:14
Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter
В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.
Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу
Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.