Сила в доверии

Background
Visa Direct
Мгновенные переводы без особых усилий!
Подробнее
Background
Карта рассрочки Solfy
Шоппинг с беспроцентной рассрочкой
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

Mualliflik huquqi ijodkorning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 50 yil davomida amal qiladi

10.12.2013 4553

UzReport 10.12.2013

     2013 yil 10 dekabrda O'zbekiston Milliy matbuot markazida Intellektual mulk agentligi va "O'zarxiv" agentligi hamkorligida "Mualliflik huquqining himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalari: tajriba, muammo va yechim" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
     Intellektual mulk agentligi mutaxassislari, "O'zarxiv" agentligi, O'zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari, Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmasi va Toshkent shahrida joylashgan arxiv muassasalari xodimlari ishtirok etgan ushbu tadbirda mualliflik huquqini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, sohaga oid mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo'yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar samaradorligini yanada takomillashtirish masalalari, shuningdek, o'z yechimini kutib turgan turli muammoli masalalar to'g'risida fikr yuritildi.
     Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi 2005 yil 19 aprelda mualliflik huquqi sohasida asosiy halqaro shartnomalardan biri bo'lgan - Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to'g'risidagi Bern konvensiyasiga qo'shildi. Ushbu hujjatga muvofiq Bern konvensiyasi a'zo davlatlardan birida yaratilgan asarlar barcha a'zo davlatlar hududlarida muhofaza qilinishini nazarda tutadi.
     Shu munosabat bilan, jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgan axborot-texnologiyalari va unda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanilishini amaldagi qonunchilik orqali tartibga solinishini takomillashtirish maqsadida 2006 yil 21 iyulda O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi.
     Anjumanda ushbu Qonunning mazmun mohiyati xususida alohida so'z yuritildi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi mualliflar va huquq egalarining huquqlari to'la-to'kis amalga oshirilishi uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.
     Bundan tashqari, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganidan so'ng O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 16 yanvardagi (O'RQ-79) «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi Qonuni qabul qilingan.
     «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining maqsadi ham fan, adabiyot va san'at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yohud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko'rsatuvlari yoki eshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
     Matbuot anjumanida mualliflik huquqi ijodkorning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 50 yil davomida amal qilinishi ta'kidlab o'tildi. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko'rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin 50 yil davomida amalda bo'ladi. Bu muddat tugashi bilan asar ijtimoiy mulkka aylanadi. Undan har qanday shaxs haq to'lamagan holda erkin foydalanishi mumkin bo'ladi va davlat hududida muhofaza berilmaydi.
     Ta'kidlanganidek, muallif vafotidan so'ng asarning daxlsizligini himoya qilish vasiyatnomada ko'rsatilgan shaxs, bu mavjud bo'lmagan holda, muallifning merosxo'rlari, qonunga muvofiq mualliflik huquqini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
 

4
2



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 29.03.2024 14:44:34

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Служба поддержки NBU


Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU


Выберите интересующую тему

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос