Сила в доверии

Background
Кредит на образование
Кредит для очной, вечерней, заочной форм обучения
Подробнее
Background
Вклады в Milliy
Делайте вклады ещё выгоднее!
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

Milliy Bank rivojlangan axborot infratuzilmasiga ega bo'lmoqda

05.07.2015 2724

O'zbekistan Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki barcha yo'nalishlarda ma'lum yutuqlarga erishish bilan bir qatorda, axborot tizimlariga qo'yiladigan xalqaro standartlarga javob beruvchi rivojlangan axborot infratuzilmasiga ham ega bo'lmoqda. Avtomatlashtirilgan bank tizimi esa moliyaviy resurslarni kerakli sohalarda jamlab, bank bo'linmalarini operativ tarzda idora etish imkonini beradi. Shu bilan birga, jahondagi axborot texnologiyalari rivojlanishi tendensiyalarini e'tiborga olib, mutaxassislar bank axborot tizimlarini takomillashtirish borasida yangi loyihalarni amalga oshirmoqda.

Xususan, milliy bank mijozlari hamda bank faoliyati bilan aloqador shaxslar uchun qulayliklarni yaratib beruvchi, bankning rasmiy saytida bir qator interaktiv xizmatlarni taqdim etgan. Interaktiv xizmatlar tarkibiga kiruvchi eng yangi va yuksak texnalogiyali ONLINE BANK axborot xizmati ham shular jumlasidan. Xususan, SMS, E-mail-xabarlash, shaxsiy IVR-servis va Web-kabinetlardan tashkil topgan ushbu xizmat turi mana, ko'p yillardan buyon qulayligi va ishonchliligi bilan mijozlar ishonchini oqdab kelmoqda.

Tezkor SMS, E-mail-xabarlash – bu, axborot xizmatlari kompleksi bo'lib, ular O'zmilliybank jismoniy va yuridik mijozlarining uyali telefonlariga va elektoron pochta manzillariga, ularning hisobraqamlarida amalga oshirilgan operatsiyalari SMS-xabarlar ko'rinishda yuborish orqali taqdim etiladi. Mijoz xar safar bank hisobrakamidan mablag'lar kirim va chiqim operatsiya va hisobraqami qoldig'i haqida SMS-xabar oladi. Ushbu xizmatning qulayligi shundaki, xizmat barcha uyali aloqa operatorlari abonentlariga taqdim etiladi.

Bundan tashqari, ushbu xizmatlardan foydalangan holda, omonatga qo'shilgan foizlar, xisobraqam kiritilgan va undan chiqarilgan mablag'lar haqida ma'lumotlarni SMS yoki E-mail -xabarlarda olish mumkin. Shuningdek ushbu xizmat kredit operatsiyalari bo'yicha hisoblangan foizlar, savdo terminalining inkassatsiya qilingani va inkassatsiya qilingan summa to'g'risida hamda omonatga navbatdagi foizlar qo'shilgani haqidagi xabarlarni olish imkonini beradi.

ONLINE BANK axborot xizmati tarkibida Shaxsiy IVR-servis xizmati ham mavjud bo'lib, undan uyali yoki shahar telefon raqamlaridan bankning servis raqamiga qo'ng'irok qilib, shaxsiy IVR-servis orqali interaktiv rejimda bank maxsulotlari va xizmatlari, shuningdek, mijozlarning xisobvaraqlari va depozit hisobvaraqlari bo'yicha axborot olish imkoni yaratilgan.

IVR servisdan foydalanuvchi mijoz axborot xizmatlari bo'yicha xabarlarni mustaqil ravishda  olishi yoki bekor qilishi, shuningdek, o'zining bank hisobvarag'i holatini kuzatish va bajarilgan oxirgi operatsiyalar haqida ma'lumot so'rab, SMS-xabar ko'rinishida javob olishi mumkin. Shuningdek alohida ta'kidlash joizki, shaxsiy IVR-servisga kirish PIN-kod bilan himoyalangan.

Bundan tashqari, ONLINE BANK axborot xizmati tarkibidagi shaxsiy WEB-kabinet tizimida foydalanuvchilar uchun internet tarmog'i orqali kecha-yu kunduz, istalgan vaqtda va istalgan joydan tizimga kira olish imkoniyati mavjud. Chunki tizim qo'shimcha dasturiy ta'minot o'rnatilishini talab kilmaydi.

Xulosa o'rnida aytish joizki, Milliy bank o'z mijozlariga yuksak texnologiyalarga asoslangan eng zamonaviy axborot xizmatini taqdim etish bilan o'ziga berilayotgan yuksak bahoni oqlab kelmoqda.

O'zbekistondagi boshqa moliyaviy yangiliklarni www.UzReport.uz da o'qing

1
0



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 28.03.2024 13:26:15

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Служба поддержки NBU


Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU


Выберите интересующую тему

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос