Iqtidorli yoshlar - "O`zmilliybank" kelajagi

11.02.2020 236

Davlat boshqaruvi tizimiga yangicha qarashlar, rivojlanishining innovasion yangi usullari, yangi fikrlar-u takliflar davri, qisqa qilib aytganda – O'zbekiston yangilanmoqda. Ta'kidlash kerakki, jahon hamjamiyatida ham shakllanib ulgurgan "yangi O'zbekiston" atamasi o'z nomini oqlamoqda. Endi yurtimizga – yurtimizda, qarashlar yangicha.

Prezidentimiz o'tgan yilning 27 dekabr sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda bir guruh faol yoshlar bo'lib o'tgan bilan uchrashuvda ham "yangi O'zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo'ladi", – deya ta'kidlagan edi.

Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm ishlab chiqilmoqda. Joylarda 8 nafar yosh avlod vakillari hokim o'rinbosari etib tayinlanganligi, yaqinda bo'lib o'tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit-qiz saylanganligi, mahalliy kengashlarda g'alaba qozonganlarning qariyb 10 foizini yoshlar tashkil etishi fikrimizning yaqqol dalilidir.

Aytish joiz, mustaqillikning ilk davrlaridanoq mamalkatning ijobiy iqtisodiy imijini yaratishda alohida o'rin tutib kelayotgan, yurtimizning eng nufuzli tijorat banklaridan biri bo'lgan "tashqi iqtisodiy faoliyat O'zbekiston Milliy banki" AJ tizimida ham filial va bo'lim rahbarlari etib yosh xodimlarni tayinlash tajribasi mavjud. Bosh ofis departament direktorlarining 4 nafari, direktor o'rinbosarlarining 10 nafari 35 yoshgacha bo'lgan xodimlardir. Bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar soni ham ortib bormoqda. Bugungi kunda mazkur tashkilot tizimida 5800 dan ortiq mutaxassis faoliyat yuritayotgan bo'lsa, shulardan 32 foizi yoshlar hisobiga to'g'ri kelmoqda. Raqamlarda esa mazkur ko'rsatgich 2100 ga yaqin xodim yoshlardan iborat ekanligini ko'rsatmoqda. 

Joriy yilning 10 fevral kuni "O'zmilliybank" AJ bosh ofisida bo'lib o'tgan "bank boshqaruvi raisi va yoshlar" uchrashuvida, O'zmilliybank tizimida faoliyat yuritib kelayotgan, bankning viloyat hamda Toshkent shahri filiallaridan tashrif buyurgan 60 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. 

Ma'rifatparvar bobomiz Fitrat ta'kidlaganidek, "bu dunyo kurash maydonidir. Sog'lom tan, o'tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir". Uchrashuvga yig'ilgan yoshlarda yuqorida aytilgan barcha hislatlar yaqqol ko'zga tashlandi. Jumladan, ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda navqiron avlod vakillari bank rivojiga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan, yangi innovasion takliflarini aytishdi. Bank boshqaruvi raisi ularning takliflari bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirib, istiqbolli rejalarni amaliyotga tadbiq qilish bo'yicha topshiriqlar berdi. 

O'zmilliybank tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar malakasini oshirish maqsadida qator interaktiv loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, bank boshqaruvining 2019 yil 6 maydagi 67-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash shuningdek, O'zmilliybank tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ingliz tilini o'rganishga bo'lgan intilishini qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "English conversation" ("ingliz tilida suhbatlashimiz") loyihasi o'tkazilgan edi.  Tanlovda O'zmilliybank tizimi bo'yicha 415 nafar xodim ishtirok etdi. Mazkur loyihada g'olib bo'lgan va faxrli o'rinlarni egallagan yoshlarga bank boshqaruvi raisi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi. 

- "Learning is hard but life without knowledge is even harder". Ya'ni, bilim olish qiyin, ammo, bilimsiz hayot undan-da qiyin. Men doimo mazkur shiorga amal qilishga harakat qilaman va doimiy tarzda o'z bilim va ko'nikmalarimni oshirib boraman, deydi "English conversation" loyihasining 3 o'rin soxibi, O'zmilliybank Farg'ona filoyati filiali xodimi Ozoda Yusupova. – ingliz tiliga qiziqishim yuqori bo'lgani, til bilgan insonga muvafaqqiyat eshiklari ochilishi sababli bugungi kunda ham ingliz tilidagi bilimlarimni mustahkamlab, qo'shimcha chet tillarini ham o'rganmoqdaman. Bugungi uchrashuvdan ham o'zim uchun foydali bo'lgan bilimlarni oldim.  

"Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil", degan edi Mavlono Rumiy. Ko'ngil ko'zimizni Ravshan qiluvchi eng asosiy omillardan biri bu – kitob mutolaasidir. Darhaqiqat, inson o'zi faoliyat yuritayotgan sohada yuqori natijalarga erishishi, istiqbolli rejalar ustida bosh qotira olishi uchun dunyoqarashi keng, fikrlashi teran bo'lishi kerak. "Inglizzabon yosh xodimlar" qatorida, bank tizimida o'z tirishqoqligi va sog'lom fikrlari bilan muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yoshlarga ham qimmatbaho sovg'alar hamda, o'zbek va jahon adabiyoti Durdona asarlari to'plamlari topshirildi.

Ko'tarinki ruhda boshlangan uchrashuv, yangi taklif-mulohazalar, qizg'in bahs-munozaralar bilan yakun topdi. Yoshlar o'zaro tajriba va fikr almashibgina qolmay, rejalashtirilgan g'oyalar ro'yobi uchun yangi motivasiyaga ega bo'ldilar.

0
0





Читайте также

Смотреть все новости

В АО «УЗНАЦБАНК» назначен новый заместитель председателя правления

21.02.2020

Бухарский областной филиал АО "Узнацбанк" объявляет конкурс

20.02.2020

Переоформлена лицензия АО "Узнацбанк"

19.02.2020

"Руководитель 2020" семинар-тренинг для сотрудников АО "Узнацбанк"

18.02.2020

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама


Последнее обновление сайта: 25.02.2020 11:04:34

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2020 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 18:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101