Специальные возможности
25.07.2016

Mamlakatimiz lizing bozorida umumiy portfel ko'rsatkichlari o'tgan 6 oy davomida 2 trln. 626 mlrd. so'mni tashkil etdi

     2016 yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko'ra , mamlakatimiz lizing bozorida 126 ta lizing beruvchi faoliyat yuritdi, ulardan 24 tasi banklardir.Ushbu ma'lumot O'zbekiston lizing beruvchilar asotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan shu yilning 1-yarim yilligiga mo'ljallangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi. Unda shuningdek, hisobot davrida amalga oshirilgan lizing operatsiyalari va keyingi yillarda qilinishi kerak bo'lgan ishlarning aniq rejalari tuzib olindi. Har yili an'anaviy tarzda tashkil etiladigan yig'ilishda mamlakatimiz lizing bozori ishtirokchilari sohadagi tendensiyalar, bu borada erishilayotgan natijalar , lizingga bo'lgan talab va taklifni o'rganib, chorak, yarim yillik yoki yillik natijalarni sarhisob qilishadi. Tadbirda ham joriy yilning 1 yarim yilligi ko'rsatkichlari ma'lum qilindi. Mutaxassislar mamlakatimizda yildan-yilga lizing bozori rivojlanib borayotganligini ma'lum qilishdi. Raqamlar misolida gapiradigan bo'lsak, lizing bozorida umumiy portfel ko'rsatkichlari 2 trln. 626 mlrd. so'mni tashkil etdi. Ko'rsatkichlar 2015 yilning shu davriga nisbatan 7,1 foizga o'sganligini ko'rsamoqda. Yig'ilishda tuzilgan bitimlar bo'yicha ham ma'lumot berildi. Demak, hisobot davrida lizing beruvchilar tomonidan 2 055 ta yangi lizing bitimi tuzilgan va ularning hajmi 430 mlrd. so'mdan ortgan. Mutaxassislarning aytishicha, lizingga berilayotgan ob'ektlar orasida texnologik uskunalar yetakchilik qilmoqda, lizing bitimlarining umumiy tuzulmasida ularning ulushi 38 foizga teng bo'ldi. Qishloq xo'jaligi texnikasini lizingga berish bilan bog'liq bitimlar hajmi ham salmoqli bo'lib, 27 foizni tashkil qildi.Xususan, avtotransport lizingi 18 foiz, ko'chmas mulkni lizingga berish esa 17 foizdan iborat bo'ldi. O'tgan 6 oy mobaynida lizing kompaniyalari orasida “O'zqishloqxo'jalikmashlizing” (114,8 mlrd. so`m), «Uzbek Leasing International A.O.» (28.5 mlrd. so`m), «O'zavtosanoatlizing» (25,2 mlrd. so`m ), «O'zmeliomashlizing» (23,7 mlrd. so`m), «Taiba Leasing » (16,2 mlrd. so`m) joriy yilning birinchi yarmida bozorning yirik ishtirokchilari sifatida qayd etildi. Amalga oshirilgan yangi lizing bitimlarini hududlar kechimida ko'radigan bo'lsak, Toshkent shahri eng ko'p ulushga ega bo'ldi - 38,4%, ikkinchi va uchinchi o'rinlarda Jizzax va Toshkent viloyatlari turibdi.. Ularning ulushi mos ravishda 8,0% va 6,8% ga teng bo'ldi. Tadbirda Moliya vazirligi, O'zbekiston Banklar assotsiatsiyasi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (Jahon banki guruhi a'zosi), «SAIPRO» axborot-reyting agentligi, O'zbek-Xitoy savdo uyi vakillari hamda lizing kompaniyalari va banklar xodimlari ishtirok etdi.


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8600.00
  • EURUZS
  • 9720.00
  • RUBUZS
  • 135.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам