Специальные возможности
01.03.2015

Korporativ kartalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar xujjatlar bilan tasdiqlanadi

Markaziy Bank Boshqaruvining Qarori bilan, “Jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to'g'risidagi” Nizomning 5-punktiga o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra, korporativ bank kartalari orqali hisob-kitoblar “Uzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan avval korporativ bank kartalaridan foydalangan holdagi to'lovlar 2013 yil 3 iyunida o'z kuchini yo'qotgan “O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan edi. 

Nizomga muvofiq, bank plastik kartochkalari orqali to'lovlar qog'oz ko'rinishidagi yoki elektron shakldagi yoki boshqa ma'lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bu hujjatlar hisob-kitobning barcha ishtirokchilariga yetarli miqdorda to'ldirilishi talab etiladi va ularda bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar haqidagi zarur ma'lumotlar bo'lishi zarur.

Korporativ bank kartalari egalari savdo va servis korxonalarida milliy valyutada naqd pulsiz hisob-kitoblarni Vazirlar mahkamasi qaroriga binoan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish harajatlari tarkibi va moliya natijalarini shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom”da ko'rsatilganidek amalga oshirishi mumkin.larning shartlari haqida batafsil ma'lumot taqdim etilmokda. Amalga oshirilgan izchil choralar natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga internet-banking, mobil-banking va SMS banking kabi masofadan bank xizmatlari ko'rsatishning innovatsion tizimlari faol rivojlanmoqda. Endilikda mazkur xizmat tizimlaridan foydalanuvchi mijozlar soni 534,8 mingga yetib, bu oxirgi 5 yil mobaynida ushbu ko'rsatkichning 21,8 barobarga oshganligini ko'rsatadi. Shuningdek, SMS-banking va mobil-banking xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar soni xam jadal sur'atlar bilan o'sib, oxirgi 5 yil davomida 45 barobardan yuqori, ya'ni 10,3 mingdan 472,6 minggacha ko'paydi. Bundan tashqari Elektron to'lovlar tizimining faollashuvi kuzatilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Markaziy bankining banklararo to'lov tizimi orqali o'tkazilgan tranzaksiyalar soni 2010 yil yakunlari bo'yicha 35,5 mln.dan 2014 yilda 60,0 mln.gacha yetdi, ya'ni oxirgi 5 yil mobaynida 1,7 barobarga o'sdi. O'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy hajmi 1,82 barobarga o'sdi. Aytish joiz Plastik kartochkalardan foydalanuvchilar hamda ularga xizmat ko'rsatuvchi to'lov terminallari soni yuqori sur'atlar bilan oshib bormoqda. Xususan, muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 1,7 barobarga ya'ni, 2011 yil boshidagi 7,9 mln. donadan 2015 yil 1 yanvar holatiga kelib 13,4 mln. donaga yetdi. O'tgan davrda o'rnatilgan to'lov terminallari soni 1,8 barobarga, ya'ni 85,7 ming donadan 158,8 ming donaga yetdi. Plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada kengaytirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida so'nggi 5 yilda to'lov terminallari orqali amalga oshirilgan to'lovlar hajmi 4 barobarga, ya'ni 5,7 trln. so'mdan 22,8 trln. so'mgacha o'sdi. O'tkazilgan davra suhbati natijasida bank tizimida elektron to'lovlarni yanada rivojlantirish va interaktiv xizmatlarni keng joriy etishning ustuvor yo'nalishlari, bank plastik kartochkalaridan foydalanish va bank mijozlariga masofaviy xizmat ko'rsatish tizimlari ko'lamini yanada kengaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8600.00
  • EURUZS
  • 9720.00
  • RUBUZS
  • 135.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам