Сила в доверии

Background
Авто платежи в приложении Миллий
Наслаждайтесь своим свободным временем!
Подробнее
Background
Кредит на образование
Кредит для очной, вечерней, заочной форм обучения
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab quvvatlash Jamg'armasi tomonidan 727,2 mln. dollarga teng tovar va xizmatlar eksport qilindi

05.12.2014 2446

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab quvvatlash Jamg'armasi tomonidan jami 674 ta tadbirkorlik subyektlariga  qurilish, tekstil, kimyo, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo'jaligi mahsulotlari hamda turizm, transport, marketing, konsalting xizmatlarini xorijga eksport qilishda amaliy yordam ko'rsatildi. Natijada umumiy qiymati 727,2 mln. AQSh dollariga teng tovar va xizmatlar eksport qilishga erishildi.

Jamg'arma tomonidan 74 ta tadbirkorga tashqi bozorlarni o'rganish va xorijdan ishonchli xamkor topishda amaliy yordam berildi, 263 ta tadbirkorga xorijda bo'ladigan xalqaro ko'rgazma va yarmarkalar, tenderlarda qatnashishda, xorijiy davlatlarning konunchiligidan kelib chiqib talab qilinadigan ruxsat beruvchi xujjatlar, sertifikat va litsenziyalar olishda hamda bojxona rasmiylashtiruvida zarur xizmatlar ko'rsatildi, 323 ta tadbirkorga eksport shartnomalarni tuzish, ularni tegishli bankda ro'yxatga qo'yishda amaliy va huquqiy xizmatlar ko'rsatild. Shuningdek, 22 ta tadbirkorga sug'urta polisi orqali mahsulotlarni eksport qilishda ko'maklashildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab quvvatlash Jamg'armasi bo’limi boshlig’i Kamoliddin Nurmatov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Xorijiy davlatlarning mahsulot va xizmatlar importiga bo'lgan talabi o'rganildi. Bir qator davlatlarga eksport qilish jarayonida yuzaga keladigan transport, bojxona va boshqa turdagi xarajatlar hamda Rossiya, Qozog'iston, Ukraina, Germaniya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlarning sertifikatlashtirish talablari yuzasidan tahliliy ma'lumotlar tayyorlandi.

O'rganish natijalari Jamg'armaning rasmiy saytida muntazam ravishda joylashtirib kelinmoqda. Shu o'rinda, Jamg'arma rasmiy saytiga yanvar-oktyabr oylarida 69 ta mamlakatdan 2912 ta foydalanuvchi 4719 marta kirgani va 15491 sahifani o'qib chiqib, o'ziga zarur ma'lumotlarni olgani ma'lum bo'ldi.

Xorijiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Jamg'arma Koreya, Singapur, Latviya, Ispaniya, Belgiya, Qozog'iston, Litva va Xitoy davlatlarining ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar, biznes forum va kooperatsiya birjalarini o'tkazdi. Jamg'arma ushbu tadbirlarda 200 dan ortiq tadbirkorlar ishtirokini ta'minladi. Natijada 11 ta o'zaro hamkorlik memorandumi hamda mahsulot va xizmatlarni xorijga eksport qilish hamda respublikaga investitsiya kiritish bo'yicha umumiy qiymati 77,1 mln. AQSh dollarga teng kelishuvlar imzolandi .

Jumladan, 21 oktabrda Koreya Importchilar Uyushmasi boshchiligida 25 ga yaqin Koreya importchi korxonalari bilan biznes forum o'tkazildi va umumiy qiymati 2,6 mln. AQSh dollariga teng eksport kelishuvlari imzolandi.

Jamg'arma tomonidan 13 ta tadbirkorga 2,54 mlrd. so'mlik foizsiz moliyaviy hamda xorijiy hamkor topishda amaliy yordam berildi. Natijada, umumiy qiymati 67,2 mln. AQSh dollariga teng eksport shartnomalari tuzishga erishildi.

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 29.03.2024 09:48:59

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Служба поддержки NBU


Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU


Выберите интересующую тему

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос