Сила в доверии

Background
Карта рассрочки Solfy
Шоппинг с беспроцентной рассрочкой
Подробнее
Background
Авто платежи в приложении Миллий
Наслаждайтесь своим свободным временем!
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasi 2000 minga yaqin tadbirkorlik subyektlariga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda ko'mak berdi

13.09.2015 1921

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo'llab-quvvatlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasining o'ziga xos o'rni bor.

Hozirda Jamg'arma  yurtimiz tadbirkorlariga mahsulot eksportini amalga oshirish bo'yicha ko'mak berib kelmoqda. Xususan, 2015-yilning 8 oyi  mobaynida  2000 minga yaqin tadbirkorlik subyektlariga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda tashkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko'rsatildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasi xodimlari bergan ma'lumotga qaraganda amalga oshirilgan ishlar natijasida, 504 ta tadbirkorlar umumiy qiymati 824 mln.dollarga teng mahsulot va xizmatlarni eksport qilishdi. Bundan, avgust oyida Jamg'arma ko'magida umumiy qiymati 114 mln.dollarga teng mahsulot va xizmatlarni eksport qilishga erishildi.

Tashqi bozorlarni o'rganishda 1330 ta, shu jumladan, 131 ta tadbirkorga xorijdan ishonchli hamkor topishda amaliy yordam berildi. 228 ta tadbirkorga xorijda bo'ladigan xalqaro ko'rgazma va yarmarkalar, tenderlarda qatnashishda, xorijiy davlatlarning qonunchiligidan kelib chiqib talab qilinadigan ruxsat beruvchi xujjatlar, sertifikat va litsenziyalar olishda hamda bojxona rasmiylashtiruvida, shuningdek 145 ta tadbirkorga eksport shartnomalarni tuzish, ularni tegishli davlat organlarida ro'yxatga qo'yishda, sug'urta polisi orqali mahsulotlarni eksport qilishda amaliy va huquqiy xizmatlar ko'rsatildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasi bo'lim boshlig'i Kamoliddin Nurmatov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Jamg’armamiz tomonidan soha tadbirkorlariga jumladan farmsanoat, tekstil,oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha tadbirkorlarimiz xorijiy ko’rgazma va yarmarkalarda ishtiroki tashkillashtirilmoqda.  Misol uchun jamg’armamiz sentabr oyining oxrida “O’zbekengilsanoat”DAK bilan hamkorlikda 50 ga yaqin tadbirkorlarimiz Moskva shahrida bo’lib o’tadigan yirik Tekstil sanoat ko’rgazmasida ishtrokini tashkilashtirmoqda. Tadbirkorlarga ushbu ko’rgazmada ishtrok etishlari uchun jamg’armamiz tomonidan imtiyozli ravishda 98 kv. m joy bepul tarzda taqdim etildi. Shu qatorda jamg’armamiz bu joy uchun 23 ming dollar miqdorida ularga moliyaviy yordam ko’rsatdi. Ushbu ko’rgazma natijasida tadbirkorlarimiz eksport shartnomalarini imzolashi , o’ziga xorijiy hamkorlar topishlari mumkin . Buning  pirovardida esa  30 mln dollardan ortiq eksport shartnomalarini tuzilishini rejalashtirganmiz.  Shuningdek, Farmsanoat bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga xorijdan hamkorlar topish , ularni xorijiy ko’rgazmalarda ishtrokini tashkilashtirishda bir qator ishlarni olib bormoqdamiz. Misol tariqasida, Singapur bozorini keltirishim mumkin.  Mazkur  bozorga kirish uchun tadbirkorlarga qaysi hujjatlar kerak,  umuman ularning tartiblari , eksport qilish shartlari bo’yicha ma’lumotlar o’rganildi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, jamg'armaning tashkil etilishi tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Har yili ko'rsatilayotgan amaliy yordam natijasida bu boradagi ishlar ko'lami yanada kengaymoqda. Xorijiy mamlakatlarda o'tkazilgan va o'tkazilishi rejalashtirilgan yarmarkalarda yurtimiz tadbirkorlarining ishtiroki tobora oshib borayotgani fikrimizning yaqqol dalilidir.

 

UzReport

2
0



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 18.03.2023 10:47:32

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2023 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы электронных обращений
с 09:00 до 18:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос