Специальные возможности
30.04.2014

Joriy yil I choragida respublikamizda o'zlashtirilgan kapital qo'yilmalar hajmi 12,4 foizga o'sdi

     "Olmaliq KMK" boshqarmasida navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi. Majlisda, jahon iqtisodiyoti rivojlanishida muammolar va xavf-xatar mavjudligiga qaramay, joriy yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvorliklarini izchil va maqsadga yo’naltirilgan tarzda amalga oshirish tufayli O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur'atlarini saqlab qolish, mamlakat iqtisodiyotini modernizasiyalash va diversifikasiyalashni yanada chuqurlashtirish ta'minlanayotganligi qayd etildi.
     Mamlakatimizda joriy yilning birinchi choragida Yalpi ichki mahsulot 7,5 foizga o’sdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 8,9 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,2 foiz, xizmatlar ko’rsatish 11,8 foizga ko’paydi. Davlat byudjeti Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyasiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi. Belgilangan vazifalarning uddalanishi va ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12,8 foiz, chakana tovar aylanmasi hajmi 14,3 foiz va xizmatlar ko’rsatish hajmi 9,1 foizga ko’paydi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida iste'mol mahsulotlari ulushi 2013 yilning birinchi choragidagi  29,5 foiz o’rniga 34,4 foizga ko’paydi.
     Respublikamizda "Sog’lom bola yili" Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni faol amalga oshirishni moliyalashtirishga joriy yilning I choragida barcha manbalar hisobidan qaryib 1 trln. so’m miqdorida mablag’ yo’naltirildi. Yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijasida, kichik biznesning 7300 ta yangi subyektlarini tashkil etishga erishilganligi qayd etildi.
     Shuningdek, bu qisqa vaqt mobaynida o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar hajmi 12,4 foizga o’sdi. O’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar tarkibidagi xorijiy investisiyalar va kreditlar ulushi 23,3 foizga ko’paydi. 510 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi, 37 ta yirik investisiya loyihasini amalga oshirish tugallandi. Investisiya faolligining o’sishi qurilish-pudrat ishlari hajmlari 15,5 foiz ko’payishiga ko’maklashdi.
     Joriy yilning I choragida  O’zbekiston Milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish bo’yicha 63,5 mlrd. so’mlik ishlar bajarildi. Zamonaviy texnologiyalar bo’yicha keng polosali 150 km. tola-optik tarmoqlar yotqizildi.
     Majlis qatnashchilarining e'tibori joriy yilda qishloq turar-joy massivlarida namunaviy loyihalar bo’yicha 11 mingta yangi shinam uylarni qurish va foydalanishga topshirish, shuningdek, ushbu massivlarda ijtimoiy va bozor infratuzilmasining zamonaviy obyektlarini qurish ishlarini jadallashtirish zarurligiga qaratildi.
     Majlisda yangi ish o’rinlari yaratish va aholi bandligini  ta'minlash, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish, shuningdek, qishloq aholisiga tibbiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash kabi bir qator masalalar ham tahlil etildi.  Yangi ish o’rinlarini tashkil qilish va aholi bandligini oshirish Dasturi doirasida joriy yilning I choragi davomida 227,9 mingta yangi ish o’rinlari yaratilib, ulardan 137 mingtasi qishloq joylarda tashkil etilganligi aytib o’tildi.
     Kun tartibidagi masalalar bo’yicha respublika vazirliklari, idoralari, xo’jalik birlashmalari, yirik korxonalar va viloyatlar hokimliklari rahbarlarining hisobotlari eshitildi va ko’rilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

UzReport 30.04.2014


Курсы валют

  • USDUZS
  • 9000.00
  • EURUZS
  • 10020.00
  • RUBUZS
  • 137.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам

Свидетельство об официальной регистрации программы