Сила в доверии

Background
Кредит на образование
Кредит для очной, вечерней, заочной форм обучения
Подробнее
Background
Покупайте в рассрочку без наценок
0% переплат, 0 сум первый взнос, до 12 месяцев. Тысячи магазинов-партнеров по всему Узбекистану.
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

Hurmatli mijozlar, aziz hamkasblar!

31.08.2021 675

Har bir mamlakat tarixida uning buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim voqea-hodisalar mavjud bo’lib, bu sanalar yillar o’tgan sayin qalblarga shukronalik, ezgulik ulashaveradi, yuqori marralarni ko’zlashga zamin yaratadi.

Shu kunlarda Yurtimiz bo’ylab hurriyat tantanasi sifatida nishonlanadigan ana shunday qutlug’ sanani, jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 30 yillik shodiyonasini munosib qarshilash arafasidamiz.

Bu davr yurtimiz uchun yuksalish va taraqqiyotga erishish yillari bo’ldi. Yangi davlat va jamiyat qurish yo’lida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi, yurtdoshlarimiz ko’magi, salohiyati bilan ko’p marralar zabt etildi. Bir so’z bilan aytganda, Yangi O’zbekistonni  mard va oliyjanob xalqimiz bilan birgalikda bunyod etmoqdamiz.

Shu sababli, 30 yillik taraqqiyot uchun bosib o’tilgan mashaqqatli yo’lda, davlatimizga yelkadosh bo’lgan turli tashkilotlar rahbarlari, ilm-fan, ta’lim, san’at va madaniyat, sport sohasidagi ilg’or mutahassislari, xalqimizga haqiqiy tayanch va suyanch bo’lib maydonga chiqayotgan Navqiron yoshlarimizni Prezidentimiz yuksak mukofotlar bilan qutlab, ezgu tilaklarini izhor etdi.

Shu kunlarda joylarda ko’plab vatandoshlarimiz “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini qabul qilib oldi.

“Ko’ksingizda yarqirab, yarashib turgan faxriy unvonlar, orden va medallar barchangizga muborak bo’lsin. Men hammangizni yaxshi bilaman, sizlar bilan faxrlanaman.” – deya ta’kidladi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Vatanimizning yuksak mukofotlarini o’z egalariga topshirar ekan.

Ta’kidlash kerakki, bu yil “O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ ham o’zining 30 yoshini qarshilamoqda. Bankimizning Mamlakatimiz mustaqilligi bilan tengdosh ekanligi ko’ngillarda iftixor tuyg’usini uyg’otish bilan birgalikda, yuksak mas’uliyat ham yuklaydi.

Ma’lumki, Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirsh borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda, xususan, tadbirkorlik sohasini rivojlantirish,  yangi ish o’rinlarini yaratish, xorijiy davlatlar bilan eksport-import va investisiya aloqalarini rivojlantirishda “O’zmilliybank” ning faoliyati alohida o’rin tutadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda 5800 dan ortiq xodimlar o’z taqdirini “O’zmilliybank” bilan bog’lagan bo’lsa, shulardan 48%ini Yangi O’zbekistonning bunyodkorlari – yosh istiqbolli kadrlar tashkil etmoqda.

“O’zmilliybank” tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlarning malakali mutahassis bo’lib yetishishi, Bank jamoasida o’z o’rnini topishi, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda Yangi O’zbekistonning ilg’or bunyodkori bo’lishini ta’minlash maqsadida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirlmoqda.

Qadrli va mehnatsevar hamkasblar, aziz vatandoshlar!

Sizlarni O’zbekiston Respublikasi mustaqilliging qutlug’ 30 yillik tantanasi bilan muborakbod etib, barchangizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu barokat va amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz rivojini tilab qolamiz!

2
0



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 28.02.2024 01:08:03

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Служба поддержки NBU


Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU


Выберите интересующую тему

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос