Специальные возможности
14.06.2015

Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 12 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarning moliya-xisob bo'linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o'quv markazida "Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash" masalalari muhokama qilindi. Muhokamada Davlat xaridlari bilan shug'ullanuvchi organlar xodimlari ishtrokida sohada  korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo'yicha  huquqiy savodxonligni va madaniyatni oshirish, qonunchilikni yanada takomillashtirish va amaldagi qonunchilikni huquqiy qo'llash muammolari tahlil qilindi

Mazkur tadbir Korrupsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha kompleks harakatlar rejasi va Istanbul rejasi doirasida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tomonidan O'zbekistonni monitoring qilishning navbatdagi raundiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha Moliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi tadbirlarni ijro etish Rejasiga muvofiq tayyorlandi.

Tadbir davomida so'zga chiqqanlar davlat xaridlari sohasida O'zbekiston qonunchiligini yanada takomillashtirish, davlat xaridlari shaffofligini ta'minlash, uning holati va istiqbollari, mazkur tizimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ustuvorligini ta'minlash va huquqiy himoyasini kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Ushbu tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xaridlarining barcha ishtirokchilari tomonidan byudjet intizomi qat'iy va og'ishmay bajarilishi, byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat olib borish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shikoyatlarni sudga qadar ko'rib chiqish amaliyotini qo'llash va davlat xaridlari bilan bog'liq nizolarni hal qilish muhimligi alohida ta'kidlandi.

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8650.00
  • EURUZS
  • 9770.00
  • RUBUZS
  • 138.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам