Сила в доверии

НБУ в соцсетях:

DAVLAT RAQOBAT QO'MITASIDA “ERNST & YOUNG” KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

15.06.2016 945

   Joriy yilning 10 iyun kuni Davlat raqobat qo'mitasida rais Davron Xidoyatov  “ERNST & YOUNG” kompaniyasining   Markaziy Osiyo va Kavkaz bo'yicha amaliyotchi maslahatchilar rahbari Kseniya Babushkina boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.

   O'zaro muloqot chog'ida investitsiya muhitini takomillashtirish hamda kichik biznes va o'rta biznes raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

   Uchrashuv davomida  D. Xidoyatov tomonidan Qo'mitaning keng ko'lamli faoliyati haqida ma'lumot berildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda xususiylashtirish va davlat mulkini boshqarish jarayoniga chet el sarmoyasi va investorlari hamda menejerlarini jalb qilishga, shu munosabat bilan bu jarayonlarda xalqaro talab va tamoyillar asosida ish yuritishga katta e'tibor qaratilmoqda, yirik dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda albatta, xalqaro nufuzga, professional malaka va tajribaga ega tashkilotlar bilan hamkorlik muhim o'rin tutishi tabiiy.

    Shuningdek, “ERNST & YOUNG” kompaniyasi vakillari tomonidan kompaniya to'g'risidagi ma'lumoti taqdim etildi.

   Uchrashuv yakunida Davlat raqobat qo'mitasi bilan “ERNST & YOUNG” kompaniyasi o'rtasidagi o'zaro aloqalar yo'nalishlari haqida fikrlashib olindi.

 

Davlat raqobat qo'mitasi matbuot xizmati.

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

Вниманию клиентов Банка

19.04.2021

АО «Узнацбанк»: большой вклад в решение социально-экономических вопросов населения

19.04.2021

АО «Узнацбанк» объявляет конкурс на услуги по внедрению цифрового банкинга

14.04.2021

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на строительство экспресс-пункта

14.04.2021

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 19.04.2021 12:26:27

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.