Специальные возможности
16.01.2014

Butunjahon banki: 2014 yilda O'zbekiston iqtisodiyoti – 7 foizga o'sadi

UzReport 16.01.2014

     Butunjahon bankining kuni kecha e'lon qilingan “Global iqtisodiy istiqbollar” nomli ma'ruzasiga ko‘ra, 2014 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7 foizga o‘sadi. Bank mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bu holatda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi.
     Ma'ruzada qayd etilishicha, ushbu hududning kelajagi umumiy olganda ijobiy baholanmoqda, ya'ni 2014-2016 yillarda iqtisodiy o‘sishning ma'lum tiklanishi kutilmoqda. Shunday qilib, 2014 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo hududidagi o‘sish sur'ati 3,5 foiz darajasida barqarorlashadi, tabiiyki, 2015 va 2016 yillarda bu ko‘rsatkich asta-sekin 3,7-3,8 foizga yetadi.
     Shu bilan birga, turli mamlakatlar uchun qilinayotgan bashoratlar bir xil emas, chunki bu mamlakatlarning turli tashqi voqealar “to‘plami”, ichki strategiyalar va tizimdagi muammolar bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri keladi.
Voqealar rivojining asosiy talqinga ko‘ra, hudud uchun natijalar pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qator xavf-xatarlar ham mavjud. Bulardan asosiysi – Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining tiklanish tezligi susayishi bo‘lib, bu holat Yevropa hududiga kiruvchi mamlakatlar bilan mustahkam savdo va moliya aloqalarida bo‘lgan davlatlarga ta'sir ko‘rsatadi.
     Dunyo moliya bozorlaridagi sharoitning keskinlashuvi va ushbu bozorlarda yanada yuqoriroq foiz stavkalariga tartibsiz moslashuv jarayoni ham muammoga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, bank sektori sust bo‘lgan, olib borilayotgan amaliyotlar hisobidagi yetishmovchiliklarning yuqori qiymatini moliyalashtirish portfel investitsiyalari hisobiga amalga oshirilayotgan, shuningdek, xususiy sektorda katta miqdorda qarzdorlikka ega bo‘lgan davlatlar uchun xosdir.
     Xitoyda o‘sish tezligi bashorat qilinayotganlarga qaraganda ancha past bo‘lgani bois, dunyo iqtisodiyotining o‘sishi 0,3 foizga pasayib ketishi va hududiy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar yanada jiddiyroq oqibatlarga to‘qnash kelishlari mumkin.
     Aytib o‘tish joizki, butunjahon banki bashoratiga ko‘ra, bu yili dunyodagi iqtisodiy o‘sish o‘tgan 2013 yildagiga qaraganda 0,8 foizga oshadi va 2014 yilda 3,2 foizni tashkil etadi, so‘ngra mos ravishda 2015 va 2016 yillarda 3,4 foiz va 3,5 foizga ko‘tariladi.
 


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8650.00
  • EURUZS
  • 9770.00
  • RUBUZS
  • 138.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам