Специальные возможности
20.04.2015

Bugungi kunda 240 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari elektron raqamli imzoga ega

Respublikada tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga yo'naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, jumladan 2012 yil 1 avgustdan boshlab elektron raqamli imzo kalitini ro'yxatga olish bo'yicha xizmatlar haqi mikdorini eng kam ish haqi miqdorining 20 foizidan 10 foiziga pasaytirilishi va 2014 yilning 2 choragidan boshlab elektron raqamli imzoning amal qilish muddati 1 yildan 2 yilga uzaytirilishi soliq to'lovchilar uchun barcha qulayliklarni yaratdi. Bunday imkoniyatlar natijasida, 2015 yildan boshlab amaldagi qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlarga asosan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan soliq xisobotini telekommunikatsiya kanallari elektron xujjat tarzda to'liq taqdim etilishi ta'minlandi.

Bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida, Davlat soliq qo'mitasi Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi bilan hamkorlikda barcha soliq to'lovchilarni elektron raqamli imzo bilan ta'minlash yuzasidan ishlar tashkil etildi va jismoniy shaxs-korxona raxbarining elektron raqamli imzosidan foydalanib, soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga ulangan holda soliq va moliyaviy hisobotlarni elektron ko'rinishda yuborish imkoniyati yaratildi.

Hozirgi kunda korxona rahbari elektron raqamli imzoni naqd pul o'tkazish yoki «Click» to'lov tizimi orqali pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshirmoqda. Soliq hisobotlarini elektron ko'rinishda takdim etish davlat interaktiv xizmatini sifatli va uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. 2015 yilda soliq hisobotlari shakllariga kiritilgan barcha qo'shimcha va o'zgartirishlarni elektron ko'rinishda taqdim etish dasturiy mahsuliga kiritilishi ta'minlandi va soliq to'lovchilar uchun yaratilayotgan barcha kulayliklar bo'yicha ma'lumotlar Davlat soliq qo'mitasining Soliq.uz saytining «Yangiliklar» va «E'lonlar» bo'limida joylashtirib borilishi yo'lga qo'yilgan.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunga kelib, 240 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari elektron raqamli imzoga ega bo'lib, soliq to'lovchilar tomonidan 100 foiz soliq hisobotlari elektron ko'rinishda taqdim etildi. 2014 yil davomida yetarli texnika jihozlari mavjud bo'lmagan soliq to'lovchilar uchun hisobotlarni elektron ko'rinishda taqdim etishga ko'maklashuvchi zamonaviy axborot texnologiyasiga ega bo'lgan 492 ta «Axborot resurs shahobchalari» tashkil etilib, ular tomonidan 129 mingta soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatildi. Tuman va shaharlarda tashkil etilgan axborot resurs shahobchalari to'g'risidagi to'liq ma'lumot Davlat soliq qo'mitasining rasmiy saytida ochiq ma'lumotlar bandida joylashtirilgan.

 

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8600.00
  • EURUZS
  • 9720.00
  • RUBUZS
  • 135.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам