Специальные возможности
21.09.2015

Bugun Germaniyalik mutaxassislar ishtrokida tijorat banklari xodimlari uchun maxsus o'quv kurslar boshlandi

Joriy yilning 21 sentyabr kunidan O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Bosh ofisi binosida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasi tomonidan Biznes logistikani rivojlantirish Uyushmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston tijorat banklari xodimlari uchun maxsus o'quv kurslari boshlandi. 5 kunga mo'ljalangan o'quv kurslari prezidentimizning joriy yilning 12 martida qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq o'tkazilmoqda. O'quv kursining dastlabki kunini "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash Jamg'armasi"ning Bosh direktori kirish so'zi bilan ochib berdi.

 Shundan so'ng "Doyche Bank AG"ning Nyu-Yorkdagi bo'limi Vitse-prezidenti Ben Bruno va "Doyche Bank AG"ning Bosh ofisi Vitse-prezidentining yordamchisi Djed Mazur tomonidan ishtrokchilarga Bankning tashkil topganidan boshlab to bugungi kunga qadar faoliyati haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek Doyche bankning vakillari o'z faoliyatidagi yutuqlarni qayd etib, korporativ moliyalashda korporativ boshqaruvning mukammalligi, unda aynan nimalarga ko'proq ahamiyat berish lozimligi haqida Milliy bankning mutaxassislari bilan fikr almashdishdi.

"Doyche Bank AG"ning Nyu-Yorkdagi bo'limi Vitse-prezidenti Ben Bruno “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– O'zbekiston va Germaniya banklari tomonidan o'quv kurslari tashkil etilganidan men juda ham xursandman . Mazkur o'quv kurslari men va hamkasblarim uchun karparativ boshqaruv soxasida o'z bilimlarini o'rtoqlashish imkonini beradi. Alohida takidlab o'tishim joizki O'zbekiston Germaniyaning Markaziy Osiyodagi  bosh savdo hamkori xisoblanadi. Bu singari o'quv kurslarining tashkil etilishi esa kelajakda ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning ya'nada mustaxkamlanishga imkon yaratadi

Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, Jamg'arma tomonidan yetakchi xorijiy tijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda bunday o'quv kurslarini tashkil etilishi, ushbu tashkilot mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha soxalarida, shu jumladan, bank xizmatlari sohasida ham eksportni qo'llab-quvvatlashdagi o'rni tobora o'sib borayotganligidan dalolat beradi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari eksportini qo'llab quvvatlash Jamg'armasi bo'lim boshlig'i Kamoliddin Nurmatov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shuday dedi:

– Nima uchun Germaniya ?. Hammamizga ma'lumki Germaniyada ayniqsa Doyche Bankda tadbirkorlar bilan ishlash va bank xizmatlari juda ham yuqori darajada tashkilashtirilgan. Xorijiy tajribani O'zbekistonga olib kelib yangi turdagi xizmatlar, yangi turdagi moliyalash sxemalarini amaliyotga tadbiq qilish bugungi kunda ahamiyati juda ham muhimdir. Ayniqsa tadbirkorlar o'z mahsulotlarini eksport qilganda umuman faoliyatini yuritganda bank bilan judayam yaqin hamkorlikda ish olib borishadi. Bank tizimi ularga ko'rsatadigan xizmati ularni kelajakdagi faoliyatida judayam muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bu eksportchilarimizga ta'luqlidir. Sababi ular o'z maxsulotlarini tayyorlab xorijga eksport qilish jarayonida bir qator bank xizmatlaridan foydalanishadi .

To'rt kun davomida "Doyche Bankning mutaxassislari moliyaviy hisobot, moliyaviy ko'rsatkichlarni yillik baholanishi, monetar instrumentlar, investitsion baholash, shuningdek korporativ moliyalashning usullari, svopni tashkil qilish borasida ma'ruza qilishadi. Ikki bank shuningdek o'z faoliyatidagi moliyaviy hisobot, moliyaviy koyeffitsiyentlari haqida ma'lumot almashib natijalarini tahlil etishadi .

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8650.00
  • EURUZS
  • 9770.00
  • RUBUZS
  • 138.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам