Специальные возможности
27.04.2016

Banklarning investitisiya faolligi oshib bormoqda

Banklarning investitisiya faolligi oshib bormoqda

UzReport.uz

  Bugungi kunda mamlakatimizda xususiy mulkdorlar manfaatlarini qonuniy himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini izchil kamaytirish, aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali va menejmentida xorijiy investorlar ishtirokini ta'minlash orqali korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.            Poytaxtimizda tashkil etilgan matbuot anjumanida ham ommaviy axborot vositalari vakillariga yurtimizdagi tijorat banklarining xorijiy kredit liniyalarini jalb etish va uning samaralari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

  Ma'lumki, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi paytda mamlakatimizda bu yo'nalishning mustahkam huquqiy bazasi yaratilgan.

  Markaziy bank va Ipak yo'li AITB tomonidan tashkil etilgan anjumanda ta'kidlanganidek O'zbekistonda xorijiy investitsiyalarga iqtisodiy o'sish sur'atlarini yanada yaxshilash, ilg'or xorijiy tajribalar, uslublarni xalq xo'jaligiga tadbiq qilish, ishlab chiqarishni yangilash va zamonaviylashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish va ish o'rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini oshirish omili deb qaraladi.

  Mamlakatimiz rahbari tomonidan moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risidagi direktiv vazifalaridan kelib chiqib, xalq xo'jaligi tarmoqlarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida xalqaro tijorat banklari moliyaviy institutlar va chet davlatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini o'zlashtirish va jalb qilish borasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirdilar. Jumladan, so'nggi besh yilda    Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xitoy taraqqiyot banki, Koreya eksport-import banki kabi yetakchi xalqaro moliya institutlarining jami 805,7 mln. AQSH dollardan ortiq mablag'lari hisobiga kichik biznes subyektlarining loyihalari moliyalashtirildi

  Birgina o'tgan yili soha subyektlari tomonidan o'zlashtirilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy kredit liniyalari hajmi 177,4 mln. AQSH dollarni tashkil etdi.

  Tadbirda shuningdek, bugungi kunda bank tizimi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirishning muhim moliyaviy tayanchiga aylanganligi qayd etildi. Uning so'nggida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

UzReport.uz


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8650.00
  • EURUZS
  • 9770.00
  • RUBUZS
  • 138.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам