Сила в доверии
«O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi va «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonunlarga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi «Banklarni ro'yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorga o'zgartirishlar kiritdi.
Unga ko'ra, banklar O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, qoida tariqasida, aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi.
Shuningdek, «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 53-moddasiga asosan, yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud o'zaro kelishuv bilan bog'langan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizidan ortig'ini olish O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizidan ortig'ini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi.
Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама
Последнее обновление сайта: 20.04.2021 11:38:26
Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter
В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.
Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу
Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.