Сила в доверии

Background
Покупайте в рассрочку без наценок
0% переплат, 0 сум первый взнос, до 12 месяцев. Тысячи магазинов-партнеров по всему Узбекистану.
Подробнее
Background
Карта рассрочки Solfy
Шоппинг с беспроцентной рассрочкой
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

"Bankir kundaligi” telegram kanalida eʼlon qilingan post yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

21.08.2022 974

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tijorat banklari tomonidan mijozlarga kreditlar ajratishda loyihaning texnik iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi, kreditning yetarli garov bilan taʼminlanganligi, faoliyatida doimiy daromadga ega bo‘lishi (to‘lovga layoqatli), yaʼni kredit shartnomasiga asosan to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish qobiliyati muhim talablar hisoblanadi.

Mijoz kredit olishga ariza berilganida shu ma`lumotlar hujjatlar asosida o‘rnatilgan tartiblarda o‘rganib chiqiladi. 

Avvalgi munosabatda bildirilganidek, Bank tomonidan Bank rahbariyati shaxsiy qabulini tashkillashtirishga yana bir bor tayyorligimizni maʼlum qilib, shaxsiy qabul kunlari va vaqtlari bankning rasmiy saytida keltirilganligini eslatib o‘tamiz. Mijoz tomonidan avvalgi munosabat bildirilganidan hozirga qadar shaxsiy qabulga yozilish uchun (+998 78 147-15-04 raqamiga) murojaat kelib tushmagan.  

O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga asosan, bank tomonidan berilgan rasmiy munosabatda xam, xozir xam mijozlarning muhofaza qilinadigan maʼlumotlari oshkora qilinmagan holda sanalar, raqamlar va boshqa axborotlar berilmaganligini bildirib utamiz. 

O‘z navbatida, korxonaga moliyalashtirish ochilgandan so‘ng, kredit hisobidan amalga oshiriladigan barcha to‘lovlarni amalga oshirish batamom mijozning talabiga muvofiq kredit shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi.

Maʼlumki korxonalarning banklardagi hisobraqamlaridan to‘lovlarni amalga oshirish mijozlarning to‘lov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi. 

Post eʼlon qilingan kunda, loyiha bo‘yicha moliyalashtirish ochilgan. Mijoz tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasiga asosan, kredit mablag‘lari taʼminotchi korxona hisobraqamlariga o‘tkazib berilgan bo‘lgan. 

Keyingi to‘lov esa taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasiga asosan, kredit mablag‘lari navbatdagi taʼminotchi korxona hisobraqamlariga o‘tkazib berilgan.

Bugungi kunda ham kreditning o‘zlashtirilmagan qismi mavjud. Uni ham, mijoz tomonidan to‘lov topshiriqnomasi bankka taqdim etilganda, taʼminotchi korxona hisobraqamiga o‘tkazib berilishi mumkinligini bildiramiz.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasiga asosan, murojaat anonim deb topilganda, ko‘rmasdan qoldirilishi qayd etilgan. 

"O‘zmilliybank" AJ tomonidan dastlabki munosabatda murojaat anonim deb topilganligi qayd etilmagan, balki murojaat o‘rganilib, “anonim ko‘rinishida keltirilganligi va unda qayd etilgan holatlar mavhum aks ettirilganligi sababli, mijozning hududi, nomini aniqlash uchun mijoz bilan bog‘lanib, aniqlashtirishga to‘g‘ri kelganligini, bu esa muayyan vaqt talab etganligi” keltirilgan xolos.

1
0



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 21.02.2024 00:51:05

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Служба поддержки NBU


Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU


Выберите интересующую тему

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос