Сила в доверии
Visa Direct
Мгновенные переводы без особых усилий!
MasterCard Virtual
Онлайн оплаты без комиссий!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 24 avgustdagi SQ-207-III-sonli qarori bilan Nurafshon shahri Toshkent viloyatining ma'muriy markazi etib belgilangan.
Bugungi kunda Bankning Toshkent viloyati filiali Nurafshon shahri, Obod MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi 10-uy manzilida ish faoliyatini olib bormoqda. Shu munosabat bilan Bankning Nurafshon shahri 56-uy manzilida ish faoliyatini olib borayotgan To‘ytepa filiali Toshkent viloyati filialiga birlashtiriladi.
Shu bilan bir qatorda, bank filiallari iqtisodiy samaradorligidan kelib chiqqan holda Bank Boshqaruvi hamda Kuzatuv Kengashining tegishli qarorlariga muvofiq, Bankning Gurlan filialini Xorazm viloyati filialiga, Vobkent, Shofirkon filiallarini Buxoro viloyati filialiga birlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Faoliyati birlashtirilayotgan filiallar balansida va ular faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ish hujjatlari inventarizasiya qilinib, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar, muddatli va muddatsiz omonatlar, bank mijozlarining barcha turdagi hisob raqamlari va ularning kartoteka qoldiqlari, arxiv hujjatlari, asosiy vositalar hamda kassada saqlanayotgan moddiy boyliklar omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga tahdid soluvchi omillarsiz to‘liq ko‘chirilishi ta'minlanadi.
Bankning Gurlan, Vobkent, Shofirkon filiallari joylashgan hududlarda mijozlar va aholiga qulayliklar yaratish, bank xizmatlari ko‘rsatishni davom qildirish maqsadida zamonaviy “Bank xizmatlari markazlari” tashkil qilinib, ular elektron qurilmalar, bankomat, infokiosk va boshqa uskunalar bilan ta'minlanishini ma'lum qilamiz.
Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама
Последнее обновление сайта: 28.05.2022 09:00:01
Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2022 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter
В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.
Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу
Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.