Специальные возможности
25.11.2014

2014 yilning yanvar-sentabrida ishlab chiqarilgan YaIMning 52,9 foizi kichik tadbirkorlik subyektlariga to'g'ri keldi

2014 yilning yanvar-sentabrida ishlab chiqarilgan Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 52,9 foizi kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari hissasiga to’g’ri keldi va bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga (51,2 foiz) nisbatan 1,7 foizga ko’pdir. Kichik korxona va mikrofirmalarning YaIM ishlab chiqarishdagi ulushi 2014 yil yanvar-sentabrda 29,2 foizni tashkil etdi, 2013 yilning yanvar-sentabrida ushbu ko’rsatkich 28,6 foizga teng bo’lgan.

2014 yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan:

  • 9803,9 ming nafar kishining bandligi ta‘minlandi (jami iqtisodiyotda band bo’lganlarning 76,5 foizi), shu jumladan band bo’lganlarning 7452,4 ming nafari individual sektor, 2351,5 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to’g’ri keldi;
  • sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 16929,0 mlrd. so’mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 31,1 foizi) yoki 2013 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 118,0 foizni tashkil qildi;
  • 7900,9 mlrd. so’mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 33,2 foizi) o’zlashtirildi va 2013 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 114,4 foizni tashkil qildi;
  • 10321,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 68,7 foizi) bajarildi va 2013 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 112,5 foizni tashkil qildi;
  • avtomobil transporti yuk aylanmasining 9,2 foizga (respublika jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 81,7 foizi), yo’lovchi aylanmasining esa 7,6 foizga (umumiy yo’lovchi aylanmasining 87,7 foizi) ko’payishi ta‘minlandi;
  • chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 45,4 foizi yoki 18929,3 mlrd. so’mi (o’sish 12,3 foiz) va aholiga pullik xizmat ko’rsatish umumiy hajmining, mos ravishda 47,0 foizi yoki 7556,1 mlrd. so’mi (o’sish 15,1 foiz) shakllantirildi;
  • 2668,9 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 24,0 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, 4580,0 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 45,0 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi.

Kichik tadbirkorlikning xususiy sektorida ish bilan band bo’lganlar soni 9020,5 ming kishini yoki jami sohada band bo’lganlarning 92,0 foizini tashkil qildi.

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8620.00
  • EURUZS
  • 9770.00
  • RUBUZS
  • 138.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам