Специальные возможности
20.01.2014

2013 yilda eksport hajmining o'sishi qayd etildi

UzReport 20.01.2014

     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganligi iqtisodiyotimizning tarkibida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat bermoqda. Bu haqda Prezidentimiz tomonidan, mamlakatni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida alohida to'xtalib o'tildi.
     Xususan, unda ta'kidlanishicha, bugungi kunda yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000 yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan iborat edi.
     Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
     Ana shu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, bu tarmoq shaklan kichik bo‘lishiga qaramasdan, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash muammosini hal etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda tobora katta ro’l o‘ynamoqda.
     Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi.
     Jahon bozoridagi konyunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013 yilda eksport hajmining o‘sishi 10,9 foizdan iborat bo‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkil etdi. 2013 yilda qimmatbaho metallar narxining keskin pasayganligiga qaramasdan, mamlakat oltin-valyuta zaxirasi o‘tgan yil davomida 2 foizga ko‘paydi.
     Ma’ruza davomida, so‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanayotganligi, 2013 yilda umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolat berilayotganligi ham ta’kidlab o’tildi.
     Shuningdek, mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga 450 dan ziyod yangi korxonani jalb etish imkonini berdi.
     Bu borada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida barcha hududlarda o‘z filiallariga ega bo‘lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etayotgani hamda ularning asosiy vazifasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.
     Jamg‘armaning o‘tgan qisqa davrdagi faoliyati davomida 153 ta tadbirkorlik subyektiga umumiy qiymati 56 million AQSH dollardan ziyod bo‘lgan eksport shartnomalarini tuzishda yordam ko‘rsatilganligi alohida qayd etildi.
 


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8670.00
  • EURUZS
  • 9770.00
  • RUBUZS
  • 138.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам