Специальные возможности
09.03.2016

2 ta tadbirkorlik subyekti 90 mln AQSH dollarlik eksport shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo'ldi.

2 ta tadbirkorlik subyekti 90 mln AQSH dollarlik eksport shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo'ldi.rt

UzReport.uz

    Davlatimiz rahbarining  “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq , O'zmilliybank huzurida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi” tashkil etilgan bo'lib, ushbu  jamg'arma biznes vakillari uchun xorijiy hamkorlar topish,  o'z mahsulotlarini chetga eksport qilishlarida amaliy ko'mak berib kelmoqda. O'zmiliybank tomonidan “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini  qo'llab-quvvatlash masalalari”ga bag'ishlangan matbuot anjumanida jamg'arma faoliyatiga oid batafsil ma'lumot berildi.

   Tadbirda ma'lum qilinishicha, joriy yilning yanvar oyida O'zmilliybank huzuridagi jamg'arma 284 ta tadbirkorlik subyektiga tovar va xizmatlarni tashqi bozorga chiqarish bo'yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko'rsatdi va buning natijasida 162 ta tadbirkorlik subyekti 90 mln. AQSh dollarilik eksport shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo'ldi. Ular orasida 59 mln. AQSh dollarlik mahsulot eksport qilindi.

   Jumladan, tashqi bozorni o'rganishda 122 ta, chet ellik hamkorlarni topishda 50 ta, xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etish, sertifikatlar olish va bojxona rasmiylashtiruvlarida 69 ta, shu bilan birga shartnomalar tuzish va ma'lumotlarni tashqi savdo aylanmasining yagona tizimiga kiritishda 43 ta kichik biznes vakillariga yordam berildi. Jamg'arma vakillarining aytishicha, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarayotgan  mahsulotlar assortimenti va turlarini tizimli  asosda tahlil qilish, ularning tashqi bozordagi raqobatdoshlik darajasini aniqlash, buning asosida eksportga ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon va mintaqaviy bozorlardagi talab, ehtiyojiga mos kelishini ta'minlashga qaratilgan izlanishlar olib borilmoqda.

   Tadbirda shuningdek, jamg'armaning 2016-yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalari xususida ham ma'lumotlar berildi.  Unga ko'ra,  joriy yil jamg'arma  tadbirkorlarning 1,5 mlrd. AQSh dollar miqdoridagi mahsulotlari  eksportini amalga oshirishga  ko'maklashishni ko'zda tutilgan.

UzReport.uz


Курсы валют

  • USDUZS
  • 9000.00
  • EURUZS
  • 10020.00
  • RUBUZS
  • 137.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам

Свидетельство об официальной регистрации программы