Bobur Muhammedovning “Zarrachalar madhiya”si
10.12.2020
559
2020 yilning 10 dekabr kuni O’zbekiston Tasviriy san’at galereyasi zallarida iste'dodli rassom Bobur Muhammedovning “Zarrachalar madhiyasi” nomli shaxsiy ko’rgazmasi o’z ishini boshladi.
Ko’rgazmada rassomning oxirgi yillarda yaratilgan asarlari o’rin oldi.
Bobur Muhammedov asarlari – bu rassomning fikri va hissiyotlari emas, muallifning tasavvuri va hayollari yoki kartinaning mavzu hamda ohanglari ham emas, balki rassom ongi osti darajasida sodir bo’ladigan lahzaga teng harakat demakdir. Buni og’zaki talqin etib bo’lmaydi, lekin uni rangtasvir orqali tasvirlash mumkin. Rang, ritm, faktura, texnika orqali rangtasvir asariga muhrlanayotgan tuyg’ular rassom uchun birlamchi sanalib, asarning nomi muallif g’oyasiga nisbatan ikkinchi darajada turadi.
“Tongim nursiz, tunim uyqusiz”, “Zarrachalar apofeozi”, “Yomg’irli osmon”, “Ultraabissal chuqurlik” va boshqa asarlarning nomi rassom kartinasi bilan muloqotiga bir turtki - impuls xolos. Bobur Muhammedov kartinalarining ko’proq Yevropa tomoshabiniga tushunarliligi bejizga emas albatta. Kartinalar syujet va hikoyanavislikdan holi, ulardagi vizual qator shartli va minimallashtirilgan. Shuning bilan bir qatorda ular professional darajada bajarilgan bo’lib, o’zining hissiyotli tizimiga va kompozitsion yechimining mantiqiga ega. “Qalbim asarlarimda yashaydi”, - deydi rassom, va u albatta haq, negaki, har bir asarda lahza, rassom hayoti lahzasi, davr lahzasi, inson ongi ostida “yashovchi” olam lahzasi yashirin. Bobur Muhammedov ushbu lahzani matoda aks ettira oladi. Aynan shu jihatlar uning rassom sifatidagi o’ziga xosligini namoyon etadi.
Ko’rgazma 2021 yil 10 yanvarga qadar davom etadi.