Kuch ishonchda

Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Savdoni moliyalashtirish

Savdoni moliyalashtirish shartnomalariga moliyalashtirishni taqdim etish shartlari to‘g‘risida axborot
  • Savdoni moliyalashtirish shartnomalariga moliyalashtirishni taqdim etish shartlari to‘g‘risida axborot

    Yuridik shaxs - yaxshi moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti
  • Qo‘llaniladigan moliyalashtirish tarmog‘i

    Cheklovsiz (O‘zR qonunchiligi tomonidan taqiqlanmagan)
  • Mablag‘lar yo‘naltirilishining maqsadi

    Butun dunyodan (sanksiyadagi mamlakatlardan tashqari) tovar va xizmatlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma qiymatini 100% gacha moliyalashtirish
  • Minimal va maksimal summasi

    Qarzdorning moliyaviy ko‘rsatkichlaridan va loyiha realizatsiyasidan kelib chiqib cheklovsiz
  • Kredit valyutasi

    Yevro, AQSh dollari va boshqa erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar
  • Erishimli summasi

    Cheklovsiz
  • Moliyalashtirish muddati

    1 yilgacha
  • Moliyalashtirish bo‘yicha yillik foiz stavkasi

    Tegishli LIBOR + 2,0%-4% (xorijiy bankning qaratiladigan marjasi) + O‘MB marjasi (har bir bitim bo‘yicha alohida)
  • Imtiyozli davri

    Biznes-rejaga muvofiq, lekin 6 oydan ortiq emas
  • To‘lov shakli

    Akkreditiv
  • Qarzdorni loyihadagi ishtirokining ulushi

    Loyihaning umumiy qiymatidan 20% dan ortiq emas
  • Xom ashyo va boshqa materiallar xarid qilinadigan mamlakatlarning ro‘yxati

    Dunyoning barcha mamlakatlari (sanksiya ro‘yxatidagi mamlakatlardan tashqari)
  • Garov ta’minotiga talablar

    Moliyalashtirish summasidan kamida 125%
  • Maqbul (Loyihaviy) mintaqalar

    O‘zbekiston Respublikasining barcha mintaqalari
  • Moliyalashtirishni olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati

    Bankning Kredit siyosatiga muvofiq
  • Boshqalar

    Har bir bitim xorijiy banklar bilan alohida tarzda 1-3 kun mobaynida kelishiladi
Akkreditivlar
  • Hujjatli akkreditiv bu sotuvchi (benefitsiar) akkreditiv shartlariga javob beradigan va tovarlarni jo'natilganligini (xizmatlarni taqdim etilganligini) tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan holatda, bankning bank o'z mijozi (sotib oluvchi) hisobidan benefitsiarga kelishilgan valyutada ma'lum miqdorni to'lab berishi to'g'risidagi va'dasi.

To'lov xavfsizligini ta’minlovchi vosita sifatida hujjatli akkreditiv o'zining qator afzalliklariga ega
  • dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun to’lov ta’minoti sifatida;

  • sotuvchiga to'lanishi kerak bo'lgan pul miqdorini muddatidan oldin to’lanishi qulayligini ta’minlaydi;

  • to’lov turi sifatida to'lov shartlariga moslashuvchan;

  • qisqa muddatli moliyalashtirish vositasi sifatida foydalanish imkoniga ega;

  • tez va muammosiz to'lovlarni amalga oshiradi, bu esa sotib oluvchiga ma'lum holatlarda jozibador chegirmalar olish imkoniyatini beradi;

  • Xalqaro Huquqiy ishonchga ega.

Bank kafolatlari
  • Bank kafolati bu - qarz oluvchi/sotib oluvchi (applikant) o'z majburiyatlarini qarz beruvchi/sotuvchi (benefitsiar) oldidagi kafolat shartlariga muvofiq bajarilmaganligini tasdiqlovchi yozma so'rov va hujjatlarni benefitsiar tomonidan olgandan keyin benefitsiarga kafolat bo’yicha kafolatlangan summani to'lab berish haqidagi bankning yozma majburiyati va va’dasi bo'lib, u benefitsiar va applikant o'rtasida tuzilgan bosh shartnoma (oldi-sotdi shartnomasi) asosida beriladi. Bank kafolatlari xalqaro huquqiy xavfsizlikka egadir.

Bank kafolati turlari
  • Kafolat uchun ariza berish quyidagi holatlarda maqsadga muvofiqdir:

  • Biznes sherigingizning to'lov qobiliyatiga yetarlicha ishonchingiz bo'lmasa, to'lov kafolati (payment guarantee) juda foydali vosita hisoblanadi;

  • Biznes sherigingiz oldidagi majburiyatlaringizni to’liq yoki ma’lum bir (masalan oldi-sotdi shartnomasining 10% miqdorida) darajada bajarilishini ta'minlash zarur bo'lganda, siz majburiyatlarni bajarish kafolatidan (performance guarantee) foydalanishingiz mumkin;

  • Biznes sherigingizni avans to'lovidan maqsadga muvofiq foydalanishini ta’minlanishini xohlasangiz, siz avans to'lovini qaytarish kafolatidan (advance payment guarantee) foydalanishingiz mumkin;

  • Agar Tender ishtirokchisi sifatida (tender talablariga muvofiq), siz Tender o’tkazayotgan tashkilotga tender hujjatlarida nazarda tutilgan ishlarni tender taklifida ko'rsatilgan narx bo'yicha qabul qila olish uchun moliyaviy manbalaringiz yetarli ekanligini tasdiqlovchi tender kafolati (bid guarantee/bid bond) taqdim etishingiz shart bo’lsa.

Ushbu pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin Tradefinance@nbu.uz

Oxirgi yangilanish sanasi: 18.04.2024 23:47:47

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish