Kuch ishonchda

Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
Background
Solfy muddatli to'lov kartasi
Foizsiz to'lash bilan xarid qilish
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Toshkentda TIF 'Milliy bank' huzurida tuzilgan maxsus jamg'armaning istiqboldagi vazifalari belgilab olindi

10.11.2013 2714

UzReport 08.11.2013

     Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2013 yil 8 avgustdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari eksportini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” huzurida maxsus jamg'arma tashkil etilgan edi. Bugun Toshkent shahrida mazkur jamg'armaning ta'sischilari va tashkilot tashabbusi bilan ana shu tuzilma faoliyati va istiqboldagi rejalari muhokamasiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
     Matbuot anjumanida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan mazkur hujjatning mazmun-mohiyati xususida so'z yuritilib, qaror xususiy sektorda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va takomillashtirishga qaratilgan nihoyatda muhim hujjat bo'lganligi haqida alohida so'z yuritildi.
     Ta'kidlash joiz, ayni paytda iqtisodiyotimiz taraqqiyotini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining faol ishtirokisiz tasavvur etib bo'lmaydi, albatta. Shu boisdan ham joylarda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularga qo'shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish, ishbilarmonlar tashabbusini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
     Shu o'rinda 2013 yilning 9 oyida mamlakatimizda ilgari o'z mahsulotini eksport qilmagan 469 ta korxona eksport faoliyatiga jalb etilganini, bunga davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari, Oliy Majlisda qabul qilinayotgan qonunlarda xususiy sektor uchun imtiyoz va imkoniyatlar tizimi yaratilgani asos bo'lganini alohida qayd etish lozim.
     Mamlakatda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar berish bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli 2013 yilning 9 oyida 21,2 mingta yangi kichik biznes sub'ekti tashkil etilib, tovar va xizmatlar eksporti hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshganini ta'kidlash joiz.
     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Ijrochi direktori Mustafayev      Jahongirning UzReport AA muxbiriga bergan intervyusida: –“Respublika Prezidenti qaroriga muvofiq TIF «Milliy bank» huzurida tashkil etilgan jamg'arma esa bu jarayonda xususiy sektor uchun mustahkam «ko'prik» vazifasini o'tashi belgilandi. Jamg'arma ta'sischilari qatoriga TIF «Milliy bank», O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlar kiritilgani esa tadbirkorlik tuzilmalarini qo'llab-quvvatlash imkonini yanada kengaytiradi. Jamg'arma zimmasiga tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini yanada oshirishga ko'maklashish, ularga huquqiy, moliyaviy va tashkiliy masalalarda yordam ko'rsatish vazifasi yuklatilgan”, – dedi.
     Shu o'rinda ana shu muhim qaror e'lon qilinganidan keyin jamg'armaning markaziy ijro organi, shuningdek, uning hududiy filiallari hisoblangan Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyat bo'limlari zamonaviy kompyuter, zarur aloqa va texnika vositalari bilan ta'minlanganini. tashqi savdo operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun jamgarma va uning hududiy bo'limlariga malakali mutaxassislar jalb etilganini ta'kidlash joiz.
     Ta'sis hujjatlariga asosan jamg'arma nodavlat muassasa shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, uning asosiy maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mulk egalariga yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot tayyorlashni ko'paytirish va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko'rsatish, faoliyati eksportbop mahsulotlar tayyorlashga ixtisoslashgan sub'ektlarni tashqi bozor kon'yunkturasi xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishdan iborat.
     Yaqinda ana shu jamg'armaning yuqori boshqaruv organi – jamg'arma kengashi majlisi o'tkazilib, unda jamg'arma faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilab olindi. Shunga asosan mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning tashqi savdo amaliyoti bilan bog'liq qonunchilik me'yorlarini chuqur o'rganish, joylarda tadbirkorlar bilan bevosita uchrashuvlar tashkil etish, ular oldida turgan muammoli masalalarni hal etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti va turlarini, shuningdek, ularning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshlik darajasini aniqlash hamda eksport saloxiyatiga ega bo'lgan korxonalar bo'yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirish ishlari boshlab yuborildi.
     Jamg'armaning asosiy maqsad va vazifasi tadbirkorlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirishga, talab va ehtiyojdan kelib chiqib, joriy va istiqboldagi kon'yunkturani o'rganish yuzasidan tashqi bozorlarda tadqiqotlar o'tkazish orqali o'z mahsulotlarimizni eksport qilish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashdan iboratdir. Majlisda qayd etilganidek, o'zining dastlabki qadamlarni joylardagi tadbirkorlik sub'ektlari bilan bevosita muloqotlar o'tkazishdan boshlagan jamg'arma belgilangan ish rejasiga muvofiq 10 oktyabrdan 30 oktyabrga qadar joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o'tkazdi.
     Ma'lumki, savdo-sotiq masalalari bo'yicha marketing tadqiqotlarini olib borish, eksportbop mahsulotlarning potensial imkoniyatlarini aniqlash, ularni tashqi bozorlarga chiqarish, eksport operatsiyalarini amalga oshirish, eksport qiluvchi ob'ektlarni ehtimoliy xavf-xatarlardan ishonchli himoyalash bozor iqtisodiyotining asosiy talabi hisoblanadi. Shuning uchun ham jamg'arma bu masalaga alohida e'tibor qaratmoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan tegishli litsenziyalar, ruxsatnoma va sertifikatlar olish hamda boshqa masalalarda tadbirkorlarga yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko'rsatish ham jamg'armaning asosiy vazifalaridandir.
 

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 15.04.2024 23:29:11

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish