UzReport 07.09.2012
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 6 sentabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog'iston poytaxti Ostona shahriga jo'nab ketdi.
Tashrif doirasida Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erjan Kazihanov hamda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv chog'ida O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi bugungi holat hamda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollri muhokama qilindi, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasidagi ayni holat yuzasidan fikr almashadilar, deya xabar berdi Qozog'iston TIV matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha 2012-2014 yillar uchun O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida Hamkorlik dasturi imzolandi.
Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 21.10.2017 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2019 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.