Kuch ishonchda

Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

"O'zmilliybank" AJ va Xitoy Eksimbanki o‘rtasida 2 mlrd. yuanlik kelishuv imzolandi

19.05.2023 65


 

Joriy yilning 19 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida, “O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o'rinlarda O'zmilliybank) va Xitoy eksport-import banki (keyingi o'rinlarda Xitoy Eksimbanki) o'rtasida 2 milliard yuan miqdoridagi yangi kredit liniyasini jalb qilish to'g'risidagi Kelishuvi imzolash marosimi bo'lib o'tdi.


Ushbu kredit liniyasining asosiy afzalligi xalqaro banklararo qarz bozorida moliyalashtirish xarajatlarining yuqori o'zgaruvchanligi sharoitida, Xitoy yuanida uzoq muddatli moliyaviy resurslarini jozibador foiz stavkalarida kirish imkoniyatidir.

Xitoy Eksimbankining kredit liniyasi Oʻzbekiston Respublikasida Xitoyning etakchi ishlab chiqaruvchilari va etkazib beruvchilari ishtirokida amalga oshiriladigan kichik va oʻrta biznesning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun sarflanadi. Ushbu loyihalar axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, muqobil energiya, elektrotexnika, to'qimachilik, transport, sanoat ishlab chiqarish va shu kabi sohalariga tegishli bo‘lib, ularning umumiy qiymati 2,8 milliard yuanni tashkil etadi.

Mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1 500 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi va 150 mln. AQSh dollari miqdorida qo'shilgan qiymati yuqori bo'lgan eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi ta'minlanadi.


Samarali hamkorlik yillari davomida O'zmilliybank tomonidan Xitoy Eksimbankining 28 ta kredit liniyalari jalb qilingan bo'lib, ular hisobidan 27 ta investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalari hamda 1,5 milliard AQSh dollari miqdoridagi 200 dan ortiq kichik va o`rta biznes loyihalari moliyalashtirilgan.

Ma'lumot uchun: Xitoyning Eksimbanki XXRning yirik moliya institutlaridan biri bo'lib, 1994 yilda tashkil etilgan. Bankning aktivlari 855 milliard AQSh dollardan ortiq bo`lib, kapitali - 59 milliard AQSh dollari va daromadi 1,2 mlrd. AQSh dollariga teng. Xitoy Eksimbankining asosiy vazifasi Xitoy eksportini moliyalashtirishdir.

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 30.05.2023 02:07:15

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish