Kuch ishonchda

Background
Solfy muddatli to'lov kartasi
Foizsiz to'lash bilan xarid qilish
Batafsil
Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

«Foydaliy Milliy» yana siz bilan birga!

463

“Oʼzmilliybank” АJ Milliy mobil ilovasining «Foydaliy Milliy» aktsiyasini yana bir bor yoʼlga qoʼyganini maʼlum qilamiz. Аktsiyani oʼtkazish davri 2023 yilning 3 aprelidan 17 mayiga qadar. Аktsiyaning butun davri 3 ta bosqichga boʼlingan:

1) 2023 yilning 3 – 17 aprelь kunlari;

2) 2023 yilning 18 aprelь – 2 may kunlari;

3) 2023 yilning 3– 17 may kunlari.

Har bir bosqich yakuniga koʼra, qimmatbaho sovgʼalar oʼyini oʼtkaziladi.

1-bosqich natijalari boʼyicha oʼyinda ishtirok etish uchun 2023 yilning 3 – 17 aprel kunlari oraligʼida Milliy mobil ilovasidagi Visa Direct yoki Mastercard Send servislari orqali 50 АQSh dollaridan yuqori boʼlgan summani boshqa bankning kartasiga oʼtkazish lozim.

2-bosqich natijalariga koʼra oʼyinda ishtirok etish uchun 2023 yilning 18 aprelidan 2 mayigacha boʼlgan davr ichida Milliy mobil ilovasi orqali 100 000 soʼmdan ortiq summaga rekvizitlar boʼyicha oʼtkazma/toʼlovni yoki turli servislar uchun toʼlovni amalga oshirish zarur.

3-bosqich natijalari boʼyicha oʼyinda ishtirok etish uchun esa 2023 yilning 3-5 may kunlari Milliy mobil ilovasi orqali 100 000 soʼmdan ortiq summaga kommunal toʼlovlarni amalga oshirish kerak.

Аktsiyaning yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun, uning barcha bosqichlarida ishtirok etish zarur.

Аktsiya gʼoliblari Random.org servisi orqali aniqlanadi.

Sovgʼalar:

Har bir bosqich yakuni boʼyicha oʼyinlarda – gʼolibning nomiga ochilgan hamda har birining ichiga 1 000 000 soʼm mablagʼ oʼtkazilgan halqaro Mastercard Gold (UZS) kartasi (hammasi boʼlib 15 ta gʼolib).

Butun aktsiya natijalari koʼra sovgʼa - gʼolibning nomiga ochilgan hamda ichiga 5 000 000 soʼm mablagʼ oʼtkazilgan halqaro Mastercard Gold (UZS) kartasi (1 ta gʼolib).

Milliy mobil ilovasi servislaridan foydalangan holda Аktsiyada ishtirok eting va qimmatbaho sovgʼalar egasiga aylaning!

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Oxirgi yangilanish sanasi: 29.05.2023 11:46:08

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish