O‘zbekiston Milliy banki xalqaro VISA to‘lov tizimi bilan hamkorlikda aksiya o‘tkazmoqda
25.11.2020
2808
Aksiya O‘zbekiston Milliy bankining xalqaro VISA to‘lov kartasi egalari o‘rtasida 2020 yil 15 oktyabrdan 2021 yil 31 martgacha o‘tkaziladi. Unda Visa – Virtual, Classic, Gold, Platinum, Visa Gold NBU-NAK kobrand kartasi, Visa Platinum NBU-NAK kobrand kartasi, Infinite kartalarining barcha mahsulot turlari ishtirok etadi. Visa kartalarini Milliy mobil' ilovasida va O‘zbekiston Milliy bankining istalgan bo‘limlarida ochish mumkin.
Aksiya davomida qimmatbaho sovrinlarning oraliq o‘yinlari o‘tkaziladi, Aksiya muddati tugagandan so‘ng Bosh sovrin o‘ynaladi.
Aksiyaning oraliq o‘yinlarida ishtirok etish uchun Visa kartalarining biridan 10 AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi summaga mablag‘ o‘tkazishni amalga oshirish zarur. Bu savdo-servis korxonalari terminallarida tovarlar/xizmatlar uchun to‘lovlar yoki internet tarmog‘ida Visa Direct xizmati yordamida boshqa bankka o‘tkazmalar bo‘lishi mumkin.
Bosh sovrin o‘yinida ishtirok etish uchun Aksiyani o‘tkazish muddati tugagagunga qadar bitta Visa kartasidan Aksiya boshidan 100 AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi summaga mablag‘ o‘tkazilishi kerak. Bu savdo-servis korxonalari terminallarida tovarlar/xizmatlar uchun to‘lovlar yoki internet tarmog‘ida Visa Direct xizmati yordamida boshqa bankka o‘tkazmalar bo‘lishi mumkin.
Aksiyada bankomat va terminallar orqali konversiya va naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalar hisobga olinmaydi.
Aksiyaning barcha o‘yinlari g‘oliblari Random.org xizmati yordamida Aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlov orqali onlayn tarzda aniqlanadi.
Oraliq Aksiya o‘yinlarida quyidagi qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladi:
- 1 o‘rin – elektromoped.
-
2 o‘rin – elektrovelosiped.
-
3 o‘rin – sportzalga chipta.
-
4 o‘rin – velosiped.
-
5 o‘rin – giroskuter.
Aksiya muddati tugagandan so‘ng Bosh sovrin – elektromobil' o‘ynaladi.
Aksiya o‘tkazilishiga, o‘yinning (qimmatbaho sovrinlar, Bosh sovrin) o‘tkazilish sanasiga oid ma'lumotlar Bank tomonidan Bankning www.nbu.uz rasmiy saytida va Bankning boshqa rasmiy axborot kanallarida (Telegram, Facebook, Instagram) tegishli ma'lumotlarni joylashtirish orqali amalga oshiriladi.