TIF milliy banki aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yuqori natijalarni qo'lga kiritmoqda
14.06.2015
2223
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tijorat banklari o'rtasida chakana xizmatlar borasida, hususan, aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha, yuqori natijalarni qo'lga kiritmokda. Mijozlar sonini oshishiga nafaqat taklif kilinayotgan xizmat turlarining ko'pligi balki, bank xizmatlarining sifati, ularning Milliy bankka bo'lgan ishonchi ham sabab bo'lmokda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilning o'tgan besh oyida jismoniy shaxslarning omonat xisobvaraqlaridagi mablag'lar qoldig'i so'm ekvivalentida 100 mlrd. so'mga (ya'ni 12%ga) ko'paygan va 2015 yil 1 iyun holatiga bu ko'rsatkich 960 mlrd. so'mni tashkil etdi. Shu jumladan milliy valyutadagi omonatlar qoldig'i 626 mlrd. so'mni va chet el valyutasida 128 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtga kelib milliy va chet el valyutasida omonatlari bo'lgan mijozlar soni qariyb 3 mln.ga yetdi. Bu esa o'z navbatida, ularning o'z mablag'larini vaqtida foizlari bilan qaytarib olishga kafolat beradigan bankka bo'lgan ishonchlaridan darak beradi.
Joriy yilda aholining bo'sh pul mablag'larini depozitlarga jalb qilish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda va shu orqali omonatchilar sonini oshishi hamda mijozlar mablag'larini ko'payishiga erishilmoqda.
Milliy bank tomonidan muntazam ravishda milliy hamda horijiy valyutadagi yangi jozibador omonat turlari joriy qilib kelinmoqda. Jismoniy shaxslarning talab va istaklarini hisobga olgan holda yangi omonat turlarini joriy etish orqali bankning resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilda milliy valyutada 4 ta yangi muddatli omonatlar joriy etildi. 2015 yil Yurtboshimiz tomonidan "Keksalarni e'zozlash" yili deb e'lon qilinganligi munosabati bilan milliy valyutada "E'zoz" va "Xotira va qadrlash kuni " munosabati bilan "Matonat" deb nomlangan yangi muddatli omonat turlari joriy etildi.
Joriy yilning 1 iyun holatiga bankda hammasi bo'lib 27 turdagi omonatlar mavjud bo'lib, shundan 19 tasi milliy va 8 tasi horijiy valyutadagi omonatlardir.
Bundan tashqari, bugungi kunda Milliy bankda mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, bankning barcha filiallarida hamda ularga tegishli bo'lgan maxsus kassalarda aholidan kommunal to'lovlar uchun pul mablag'lari qabul qilinadi. 2015 yil 1 iyun holatiga maxsus kassalar soni 113 taga yetdi. Joriy yilda bank tomonidan kommunal va boshqa to'lovlar uchun 66 mlrd.so'm miqdorida mablag' qabul qilindi, shu jumladan Markaziy bankning "MUNIS" xisob-kitoblar tizimi orqali 5,4 mlrd.so'm miqdorida to'lovlar qabul qilingan.
2002 yildan boshlab Milliy bank jismoniy shaxslar uchun xalqaro pul o'tkazmalari xizmatlarini xam amalga oshirib kelmoqda. Ayni vaqtda bank bo'limlari orkali «Vestrn Yuninon», «MopeuGram», «Zolotaya Korona» va «Aziya Ekspress» xalqaro tizimlari orqali pul o'tkazmalari xizmatlari ko'rsatilmokda. Yil boshidan beri xalqaro pul o'tkazmalari shaxobchalari orkali 35 mingdan ziyod jami 24 mln. AQSH dollariga teng pul o'tkazmalari amalga oshirildi.
Shuningdek, Milliy bank aholi qo'lidagi bo'sh pul mablag'larini depozitlarga jalb qilish orqali bankning resurs bazasini yanada mustahkamlash, investitsion faolligini oshirish va mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirish borasida zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqish va yurtimiz aholisi uchun yangi jozibador omonat turlarini joriy etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.