Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

Shu yilning 9 oyida davlat byudjeti 0,1 foiz profitsit bilan ijro etildi

17.11.2014 1133

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, iqtisodiyotimiz tarmoq va sohalarida  o'rta muddatli rivojlantirish dasturlarini davom ettirish natijasida,  asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning ijobiy o'sish sur'atlari taminlanib, bu  iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini yanada muvozanatli rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratdi. Jumladan, shu  yilniig 9 oyida  yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi  8,4 foizga oshdi.

- Parlamentning asosiy vazifalaridan biri Davlat byudjetini qabul qilish,  uning ijrosini  nazorat qilish hisoblanadi. Ayni shu ma'noda, Qonunchilik palatasida  bugun asosiy moliyaviy hujjatning 9 oydagi  ijrosini muhokama qildik, -  deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  deptutati Nasimjon Alimov. – Unda  ma'lum bo'lishicha, Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi belgilab berilgan paramentlar asosida bajarilgan.

Shuningdek,  hisobot davrida   markazlashgan investitsiyalarning maqsadli yo'naltirilishiga erishildi.  Xususan, investitsiyalar hisobidan   1 trln. 183 mlrd. so'm miqdoridagi mablag'lar mamlakatda  tadbirkorlik uchun yanada qulayliklar yaratish,  ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora tadbirlariga yo'naltirildi, deya ta'kidlaydi  Nasimjon Alimov.  

Tahlil qilinayotgan davrda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohalarida  114,2 foiz , qurilish materiallari sanoatida  113 foiz, yengil sanoatda 115,9 foiz,  qora metallurgiya sanoatida  113,4 foiz, oziq-ovqat sanoatida esa  109,7 foizlik  barqaror o'sishi ta'minlangan. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisabatan 0,1 foiz  profitsit bilan ijro etilgan. Yig'ilishda hisobot davrida Davlat byudjetining xarajat qismida asosiy e'tibor uning ijtimoiy yo'naltirilganligiga, ya'ni ta'lim, sog'liqni saqlash, aholini maqsadli ijtimoiy        qo'llab-quvvatlash,  byudjet mablag'larining g'azna ijrosini ta'minlash, ularning samaradorligini oshirishga qaratilganligi alohida e'tirof etildi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, hisobot davrida ayrim byudjet muassasalarida mablag'larning maqsadsiz sarflanishiga, ularning noqonuniy ishlatilishi bilan bog'liq moliyaviy huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilayotganligi  deputatlar tomonidan tanqid ostiga olindi. Ushbu masala yuzasidan  tegishli vazirlik va idoralar vakillarining axborotlari tinglandi. Bahs-munozaralarda deputatlar byudjet mablag'laridan samarali foydalanish hamda joylarda qonunlar ijrosini to'liq ta'minlash bo'yicha amaliy takliflar bildirishdi.

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

"O‘zmilliybank" AJ mijozlari diqqatiga

19.04.2021

Umumjahon pul haftaligi: yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

16.04.2021

Uy-joy uchun krеditlar qulay shartlarda taqdim etilmoqda

15.04.2021

“O‘zmiliybank” AJ raqamli banking platformasini joriy qilish bo`yicha tanlov e`lon qiladi

14.04.2021

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.04.2021 12:26:27

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.