Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

O'zbekistonga 90,1 mln. AQSh dollarilik 96 ta grant jalb qilingan

04.09.2014 867

Mamlakat Moliya vazirligi bergan xabarga ko'ra, shu yil boshidan beri O'zbekiston Respublikasiga beminnat texnik ko'mak ko'satish loyihalariga asosan  jami bo'lib umumiy qiymati 90,1 mln. AQSh dollarilik 96 ta grant jalb qilingan bo'lib, joriy yilning ikkinchi choragidagi grantlar soni 36 tani, umumiy qiymati esa 42,7 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Qiyosiy tarzda, bu raqamlar 2013 yilda tegishli ravishda: 186 ta grant va 200,1 mln.AQSh dollarini tashkil etgan edi.

Xususan, O'zbekistondagi sog'liqni saqlash sohasiga 25,4 mln. AQSh dollari qiymatidagi 6 ta grant jalb qilingan. Ta'lim sohasi, jumladan xodimlar malakasini oshirish, o'qitish, amaliyot, kompyuter texnikasini sotib olish va dasturiy ta'minotni ishlab chiqishga 3,5 mln. AQSh dollariga teng 10 grant jalb qilingan. Qishloq va suv xo'jaligini rivojlantirishga mo'ljallangan 6 ta grantning qiymati 0,6 mln. AQSh dollariga teng. Shu bilan birga, energetika sektorini rivojlantirish, energiyani tejash bo'yicha choralarni amalga oshirish va muqobil energiya manbalarini joriy qilish borasida 0,8 mln. AQSh dollarilik 2 grant o'zlashtirildi. Bundan tashqari, O'zbekiston suv ta'minoti va sanitariya sohasidagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida 6 mln. AQSh dollari miqdoridagi bitta grantni jalb qilgan. Davlat xizmati organlarining moddiy-texnik rivojlanishi hamda institutsional rivojlanishi uchun jalb etilgan 4 ta grantning umumiy qiymati 1,5 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

Aytish joizki, yana 2 ta 3,6 mln. AQSh dollarilik grant ekologiya sohasidagi loyihalarni amalga oshirish va 1,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi 5 ta grant boshqa yo'nalishlar bo'yicha jalb qilingan

 

 

 

 

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

"O‘zmilliybank" AJ mijozlari diqqatiga

19.04.2021

Umumjahon pul haftaligi: yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

16.04.2021

Uy-joy uchun krеditlar qulay shartlarda taqdim etilmoqda

15.04.2021

“O‘zmiliybank” AJ raqamli banking platformasini joriy qilish bo`yicha tanlov e`lon qiladi

14.04.2021

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.04.2021 12:26:27

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.