O'zbekistonda xizmatlar sohasining o'sishi yanvar-fevral oylari mobaynida 11,4 foizni tashkil etdi

26.03.2015

Iqtisodiy islohotlarni tezlashtirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishda, shuningdek, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha  bosqichma-bosqich olib borilayotgan ishlar xizmat ko'rsatish sohasini tez sur'atlarda rivojlanishiga omil bo'lmoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar-fevral oylari yakunida ushbu sohada 111,4% o'sishga erishildi. Xususan, hisobot davrida moliya xizmatlari 131,0%, texnologiya uskunalarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish xizmatlari 133,9%, qurilish xizmatlari 115,3%, tibbiy xizmatlar 114,2%, maishiy xizmatlar 113,8%, qishloq xo'jaligi sohasidagi xizmatlar 112,9%, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari112,5%, sayyohlik sohasi xizmatlari esa  111,7% ga ko'paygan.  Ushbu sohalar tijorat banklarining moliyaviy ko'magi tufayli rivojlanib bormoqda.

Xizmat ko'rsatish sohasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida aholining talabi qondirilmoqda, diversifikatsiya hisobiga sohada sifatli o'zgarishlar ro'y berib, xizmat ko'rsatish sifati ham ortib boryapti.






So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz