O'zbekiston va Latviyaning ishbilarmonlar doirasi vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazildi
16.11.2015
2572
Poytaxtimizda joriy yilning 12-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi o'ratasida ikki mamlakat ishbilarmonlar doirasi vakillari ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tdi.
Unda latviyalik ishbilarmonlarga mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishning muhim yo'nalishlari haqida ma'lumot berildi. Shu o'rinda aytish joiz, O'zbekiston bilan Latviya o'rtasidagi hamkorlik mustahkam huquqiy asosga ega. Savdo-sanoat, sarmoya, transport va transport kommunikatsiyalari, sayyohlik, standartlashtirish, fan-ta'lim kabi ko'plab sohalar bo'yicha hamkorlikka oid bitimlar imzolangan. Savdo, iqtisodiyot va sanoat sohasida O'zbekiston bilan Latviya o'rtasida eng ko'p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan.
Ma'lumot o'rnida aytish lozim, O'zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik "Iqtisodiy va sanoat hamkorlik tog'risida", "Investitsiyalarni o'zaro himoyalash va rag'batlantirish to'g'risida"gi, "Havo xabarlari to'g'risida"gi, "Xalqaro avtomobil xabarlari to'g'risida"gi, "Temir yo'l transporti sohasida hamkorlik qilish to'g'risida"gi, "Turizm sohasida hamkorlik qilish to'g'risida"gi, "Energiya zahiralarini yangilash sohasida hamkorlik qilish to'g'risida"gi va boshqa Hukumatlararo va Idoralararo bitimlar asosida tartibga solinib turiladi. Delegatsiya a'zolari qayd etishganidek, mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida ulkan salohiyatga ega. O'zaro tovar ayirboshlash hajmi muntazam oshmoqda.
Andris Kulbergs – tadbirkor (Latviya)
- Men chiqindi yig'ish texnikasi sohasida ishlayman. Kecha biz respublikangizdagi ba'zi korxonalarning vakillari bilan uchrashishga ulgurdik. Ayni paytda uzbek kompaniyalari bilan bizning texnikalarni sizlarni korxonalaringizda mahalliylashtirish haqida muzokaralar olib boryapmiz. Bu ham bizning, ham sizning mamlakatingizga foydali bo'ladi. Ya'ni siz yangi ish o'rinlari yaratish, biz esa o'z mahsulotimizni O'zbekistonga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo'lamiz.
Ma'lumot o'rnida o'rnida aytish joiz, O'zbekiston va Latviya o'rtasidagi ikki yoqlama Tovar ayirboshlash hajmi 2014-yilda 245,7 mln.dollarni, joriy yilning 9 oyida esa 134,1 mln. dollarni tashkil qildi. Mamlakatimizda Latviya investorlari ishtirokida 32 ta korxona o'z faoliyatini yuritmoqda. TIAISV da 16 ta Latviya kompaniyasi ro'yhatdan o'tgan.
UzReport