O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko'ra, joriy yilning 4 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rais o'rinbosari lavozimiga Xojimurodov Sherzod Yuldashevich etib taynlandi.
Markaziy bank matbuot xizmati xabariga ko'ra, Sherzod Xojimurodov o'z lavozimida kassa-emissiya operatsiyalarini, to'lov tizimi va informatsion texnologiya Departamenti, buxgalteriya hisob-kitob Departamenti, Davlat byudjeti xisob-kitobi hamda kassa bajarilishi va “Informatizatsiyalash bosh markazi” bosh boshqarmasininsh faoliyatini nazorat qiladi.
Ta'kidlab o'tamiz, Sherzod Xojimurodov 1976 yilda Toshkent viloyati Quyi-Chirchiq rayonida tug'ilgan. 1998 yilda Toshkent Moliya institutining “Xalqaro kredit-valyuta muomalasi” mutaxassisligini bitirgan va shu yili bank tizimida ish faoliyatini boshlagan.
Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 21.10.2017 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2019 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.