Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

O'zmilliybank O'zbekiston tennis Federatsiyasi bilan hamkorlikda xotin-qizlar tennis turnirini o'tkazmoqda!

26.03.2021 63

O‘MB Kubogi uchun "Navro‘z" tennis turniri 2021 yil 27 mart kuni Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi (ROZTM) hududida havaskor/faol hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan ayollar- rahbar va xizmatchi, tadbirkor va ijodiy shaxs bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi havaskor formatida o‘tkaziladi.

Turnir eng dovyurak va tashabbuskor va harakatga tayyor ayollar uchun!

Mazkur tadbirda 16 nafar juftliklarning ishtiroki rejalashtirilmoqda.

Juftliklar kichik guruhlarga bo‘linadi, har bir kichik guruhda aylanma tizim bo‘yicha matchlar o‘ynaladi. Eng ko‘p ochko to‘plagan ikkita juftlik pley-offga chiqadi, u yerda sovrinli o‘rin uchun kurashni davom ettiradi. G‘oliblar va sovrindorlar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Turnirga xalqaro toifadagi bosh hakam rahbarligidagi malakali hakamlar, hamda fizioterapevt-shifokor xizmat ko‘rsatadi.

Turnirning dasturi:

  • 11.00 — To‘planish va o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish

  • 11.30 — Qur’a tashlashning boshlanishi

  • 12.00 — Matchlarning boshlanishi

  • 15.30* — Final

  • 16.00* — G‘oliblar va sovrindorlarni taqdirlash marosimi.

*Vaqti taxminiy.

G‘oliblar va sovrindorlarni taqdirlash:

  • 1 o‘rin — 5 000 000 so‘m*

  • 2 o‘rin — 3 000 000 so‘m*

  • 3 o‘rin — 2 000 000 so‘m*

*Juftlikning har bir ishtirokchisiga.

Eslatma:

  • Qur’a tashlashdan oldin barcha ishtirokchilarga sovg‘a to‘plamlari beriladi;

  • Har bir matchga yangi to‘plar va suv beriladi;

  • Zarurat bo‘lganda o‘yinchilarga tennis raketkalari beriladi;

  • Butun turnir davomida dam olish xonasi ishlab turadi, u yerda o‘yinchilarga qaynoq va salqin ichimliklar, tamaddilar va shirinliklar taklif etiladi;

  • Butun turnir davomida animatorlar va to‘liq ko‘ngilochar dasturli (DJ, konkurslar, interaktiv, fleshmob) bolalar zonasi, hamda akvagrim va shirin paxta ham ishlab turadi.

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

"O‘zmilliybank" AJ Eko-aksiyasining so`nggi oraliq tirajini o'tkazish to'g'risida

09.04.2021

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

09.04.2021

"O`zmilliybank" AJ: korxonalarni qo'llab-quvvatlashda beqiyos hissa

08.04.2021

O‘zmilliybank krеditi o‘z samarasini bеrdi

07.04.2021

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 09.04.2021 12:18:03

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.