Kuch ishonchda

Background
Solfy muddatli to'lov kartasi
Foizsiz to'lash bilan xarid qilish
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

“O‘zmilliybank” AJ faoliyatining 2020 yil I chorakdagi natijalari

03.04.2020 2231

2020 yil 1 yanvar holatiga "O‘zmilliybank" AJ jami aktivlari 66,6 trln. so‘mni, kredit portfeli 55,0 trln. so‘mni tashkil etdi. Bank kapitalining yetarliligi esa 31,5% darajasida bo‘ldi (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining minimal talabi - 13%).

2020 yilning I choragida COVID-19 koronavirus pandemiyasi natijasida jahon iqtisodiyotining inqiroz holatiga kelib qolishi, xorijiy valyutalar kurslarining sezilarli darajada tebranishiga, xalqaro fond va tovar bozoridagi beqororlikka olib keldi. 

Jahon iqtisodiyotida vujudga kelgan barcha salbiy tebranishlarga qaramay, 2020 yil 1 aprel holatiga bankning jami aktivlari 69,8 trln. so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 3,2 trln. so‘mga yoki 105%ga o‘sdi. Kredit portfeli 56,2 trln. so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1,3 trln. so‘mga yoki 103%ga ortdi. Shuningdek, bank kapitalining yetarliligi 31% darajasida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘rsatmalari hamda inqiroz davrida iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, bank tomonidan 2,8 trln.so‘mlik (bank jami aktivlarining 4%i miqdorida) kredit mablag‘larining so‘ndirish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. 

Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lov muddatlari karantin davrini hisobga olib, ortiqcha hujjatlar talab qilinmagan holda uzaytirib berildi. Bunda foiz to‘lovlari vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun belgilangan barcha penya to‘lovlari bekor qilindi.

"O‘zmilliybank" AJ tomonidan COVID-19 koronavirus pandemiyamisi bilan bog‘liq global inqiroz rivojlanishining bir nechta senariylari bo‘yicha, depozitlarning kamayishi hamda muammoli kreditlarning ortishini prognoz qilgan holda stress-testlar amalga oshirildi. 

Barcha senariylar bo‘yicha o‘tkazilgan test natijalari shuni ko‘rsatdiki, bank regul'yatorning (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki)  barcha talablariga javob bergan holda, bank depozitorlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish uchun yetarli miqdorda likvidli mablag‘larga ega.

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 03.06.2023 21:44:54

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish