Kuch ishonchda

Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Подробнее
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Ijtimoiy tarmoq kanallari orqali bo’lgan murojaatga MUNOSABAT

14.08.2021 501

Joriy yilning 7 avgust sanasida “Ulugbek Ashur” YouTube kanalida “O’zmilliybank” AJ Navoiy viloyati filiali tomonidan «Yangi Obod Yosh Tadbirkor» MChJ  uchun ajratilgan kredit haqida joylashtirilgan murojaatga munosabat.

“O’zmilliybank” AJ Navoiy viloyati filialiga «Yangi Obod Yosh Tadbirkor» MChJ  2018 yil 6 dekabrda 6-sonli arizasi bilan «Issiqxona binosini qurish» loyihasini amalga oshirish maqsadida 3 yil muddatga

130 mln. so’m kredit so’rab murojaat qilgan.

Ushbu loyiha bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan va kredit mablag’lari yetkazib beruvchilarga issiqxonani qurish materiallari, metall trubalar sotib olish uchun o’tkazilgan.

Kredit mablag’i ajratilgandan bugungi kunga qadar mijoz tomonidan kredit qarzdorligi muntazam ravishda belgilangan muddatlarda to’lanmagan.

Bank tomonidan «Yangi Obod Yosh Tadbirkor» MChJ  bir necha marotaba og’zaki va yozma ogohlantirishlarga qaramasdan, kreditning muddati o’tgan qismi so’ndirilmagan.

Shundan so’ng, bank tomonidan Da'vo arizasi bilan Karmana tumanlararo Iqtisodiy sudiga murojaat qilingan. Sud tomonidan 2020 yil 3 iyulda Hal qiluv qarori bank foydasiga chiqarilgan. Sudning 4-2101-2004/660-sonli ishi bo’yicha Ijro varaqasi chiqarilib, ijro ishlari qo’zg’atilgan.

Shunday bo’lsada, issiqxonalarda mahsulot yetishtirishning o’ziga xos jihatlarini hamda pandemiya holatini  hisobga olib mijozga qo’shimcha muddat berib qulaylik yaratish maqsadida, kredit qarzdorligini undirish bo’yicha ijro harakatlari 2021 yil 1 avgustiga qadar (mahsulot yetishib chiqqunicha) kechiktirilib turilgan.

Murojaatda qayd qilib o’tilgan ikkinchi bosqichda kredit olish uchun mijoz tomonidan yetarli miqdorda garov ta'minotlari taqdim qilinmagan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PF-5466-sonli Farmoniga asosan “Yoshlar kelajagimiz” dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar resurslari taqsimoti bo’yicha Navoiy viloyatida O’zmilliybank Zarafshon shahri, Uchquduq va Qiziltepa tumanlari tadbirkorlari uchun ma'sul qilib belgilangan.

Shu bilan birga, tadbirkorning so’zlarida keltirib o’tilgan holat, ya'ni bank xodimlari tomonidan tadbirkorga kredit mablag’larini ajratishda ta'magirlik holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish huquqidan foydalanishi mumkinligini bildirib o’tamiz.

“O’zmilliybank”  AJ

Matbuot xizmati

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 24.09.2022 04:53:07

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2022 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish