Kuch ishonchda

Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Bank tizimida 2014-yil 'Sog'lom bola yili' Davlat dasturining ijrosi borasida amalgam oshirilgan ishlar

09.01.2015 1927

Joriy yilda Respublika Markaziy banki tomonidan tijorat banklari, ishbilarmon doiralar vakillari, xorijlik mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.Mazkur anjumanda Bank tizimida 2014-yil  “Sog'lom bola yili” Davlat dasturining ijrosi borasida amalga oshirilgan ishlar xususida so'z yuritildi.

Tadbirda, Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda 2014-yil  "Sog'lom bola yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan umumdavlat dasturida belgilangan vazifalarning bank tizimida ijrosini  ta'minlash, ya'ni oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, ayollarning kundalik uy-ro'zg'or yumushlarini yengillatish va ularning tadbirkorligini rag'batlantirish, yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, oilaviy biznesni rivojlantirish, yosh oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilashda moddiy yordam ko'rsatish, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali xalqimizning turmush darajasi va bandligini oshirish, sog'lom avlodni voyaga yetkazish uchun zarur bo'lgan infratuzilmalarni barpo etish borasida tijorat banklari tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida so'z yuritildi.

O'zbekiston respublikasi Bank moliya akademiyasi i.f.n ,dotsenti Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich UzReport AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi

-Respublika Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan banklarning kapitalini oshirish borasida ko'rilayotgan zaruriy chora tadbirlar bank tizimini barqaror va ishonchli faoliyatko'rsatishda muxim axamiyat kasb etmoqda. Bank tizimining amaliy yordami bilan xududlarda yosh oilalar uchun 50 ta ko'p qavatli Kamolot uylari qurilib, aksariyati foydalanishga topshirildi. Shuningdek, bolalar sportini rivojlantirishda, sog'liqni saqlash borasida, xizmat ko'rsatish obektlarini ishga tushishida qolaversa,250 ming nafar kollejlarni bitirgan yoshlarimizniish bilan taminlanishida banklarimiz yaqin xizmatchi bo'lib xizmat qildi-.

"Sog'lom bola yili" Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar doirasida 2014 yil davomida jami 4 trln. 509,2 mlrd. so'm va 302,9 mln. AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablag'lar o'zlashtirilishi, shundan bank kreditlari 1 trln. 810,6 mlrd. so'mni tashkil etishi ko'zda tutilgan bo'lib, amalda ushbu chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 3 trln. 766,9 mlrd. so'mdan ziyod kreditlar ajratildi.

Ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirish va moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, ushbu maqsadlar uchun 960,2 mlrd. so'm miqdorida yoki Davlat dasturida ko'zda tutilgan ko'rsatkichdan 1,6 barobarga ko'p kredit mablag'lari yo'naltirildi.

O'tgan yilda ham kasb-hunar kollejlarini bitiruvchi yoshlarning biznes rejalarini moliyalashtirish masalalari banklarimizning diqqat markazida bo'lib, ushbu maqsadlar uchun 200,9 mlrd. so'm mikdorida yoki Davlat dasturida ko'zda tutilgan prognozga nisbatan 1,7 barobarga ko'p kreditlar ajratildi.

Shu o'rinda aytish joizki Banklarning o'z va jalb etilgan mablag'lari xisobiga qishloq oilalarini zamonaviy uy joylar bilan taminlash ularning maishiy turmush darajasini oshirish maqsadida 11 mingta turar joy binolarini qurish ishlari amalga oshirildi. Buning uchun 2 trln.313,5 mlrd so'mlik  kreditlar ajratildi

Muxtasar aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji xalqimiz uchun munosib hayot barpo etishda, bank tizimi o'z xissasini qo'shib kelmoqda.

 

 

 

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 01.06.2023 21:00:51

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish