Kuch ishonchda

Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

"AziyaEkspress" pul o‘tkazmalari tizimi va «Rosselxozbank» AJ Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.06.2020 2059

AJ "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" sho'ba banki bo‘lgan Aziya-Invest Bank (AJ) Rossiya Federatsiyasining davlat ko‘p tarmoqli yirik banki - "Rosselxozbank" AJ  bilan birgalikda "AziyaEkspress" va "RSXB-Ekspress" pul o‘tkazmalari tizimi ishtirokchilarining hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish strategiyasini amalga oshirar ekan,  hisobraqam ochmasdan pul o‘tkazmalari bo‘yicha tizimni muvaffaqiyatli integratsiya qilganini ma'lum qiladi.

Ushbu loyiha 2020 yil 23 iyundan boshlab O‘zbekistondagi banklar bo‘limlarida muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Yil oxirigacha "AziyaEkspress" doirasidagi pul o`tkazmalari ulushi Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga pul o‘tkazmalari umumiy bozorining qariyb 20 foiziga yetishi rejalashtirilgan.

Qo‘shma loyihaning ishga tushirilishi ikki bankning “Rossiya-O‘zbekiston” yo‘nalishi bo‘yicha hisobraqam ochmasdan pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga imkon beradigan texnologiyani joriy etish borasidagi o‘zaro hamkorligi natijasidir.

2020 yilning avgust oyi oxiriga qadar ushbu xizmat "Rosselxozbank" 1 300dan ortiq bo‘limlarida ishga tushiriladi hamda Aziya-Invest Bankning "O‘zmilliybank" AJ, "Xalq banki" ATB, "Agrobank" ATB, "Turonbank" ATB, "Qishloq qurilish bank" ATB, "DAVR Bank" XOATB kabi O‘zbekistondagi hamkor-banklarida to‘lovlarni olish imkoni mavjud bo‘ladi. 

«Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ikkita davlat banklari - "Rosselxozbank” AJ va Aziya-Invest Bank (AJ) hamkorligi Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning oila a'zolariga ishonchli va kafolatlangan pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini yaratmoqda» - dedi "Rosselxozbank" AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Irina Vladimirovna Jachkina. Foydalanuvchilarga 7/24 rejimida o‘zbek va rus tillarida har tomonlama yordam ko‘rsatiladi, "Rosselxozbank" AJ bo‘limlarida bankning boshqa xizmatlaridan ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, "Rosselxozbank" AJ pul o‘tkazmalari tizimi foydalanuvchilari uchun bankning barcha xizmat va vositalari taqdim etiladi: mobil ilova, debet va kredit kartalari, xizmatlarga haq to‘lash, Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat muhojirlariga kredit berish istiqbollari».

«Ushbu loyiha, shubhasiz, «AziyaEkspress» pul o‘tkazmalari tizimi uchun katta yutuq hisoblanadi, chunki bu hamkor bankning keng tarmog‘i orqali Rossiya Federatsiyasining butun hududini qamrab olish va to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasining pul o‘tkazmalari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitoblar amalga oshiriladigan yirik davlat banklari ishtirokida amalga oshirish imkonini beradi, - deydi "O‘zmilliybank" AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Qudratilla Asatullaevich To‘laganov. - Banklar o‘rtasidagi integratsiya jarayoni ikki yilga yaqin davom etdi, bu vaqt davomida "Rosselxozbank" AJ va Aziya-Invest Bank (AJ) texnik hamkorlik bo‘yicha katta ishni amalga oshirdi, natijada talabgir mahsulot - transchegaraviy pul o‘tkazmalariga ega bo‘ldi. Shubhasiz, RSXB bilan strategik hamkorlik masofaviy bank xizmatlarini kengaytirish, O‘zbekistonda plastik kartochkalarga pul o‘tkazmalarini o‘zbek so‘mida o‘tkazish imkoniyatini taqdim etishni ko‘zda tutadi. Hamkorlikning "yo‘l xaritasida" shuningdek, Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan va ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun kredit dasturi ko‘zda tutilgan».

Aziya-Invest Bankning (AJ) o‘z pul o‘tkazmalari tizimi sifatida 2006 yilda ro‘yxatga olingan "AziyaEkspress" pul o‘tkazmalari tizimi hajmlar va ishtirokchi hamkorlar soni o‘sib borayotgan sharoitda "milliy ahamiyatga ega" tizim maqomiga ega to‘lov tizimi sifatida ro‘yxatdan o‘tishga umid qiladi.

«Rossiyskiy Selskoxozyaystvenniy bank» aksiyadorlik jamiyati Rossiyadagi eng yirik banklardan biridir. Rossiya Federatsiyasining agrosanoat sohasi va qishloq joylari milliy kredit-moliya tizimini rivojlantirish maqsadida 2000 yilda tashkil etilgan bank bugungi kunda universal tijorat banki bo‘lib, barcha turdagi bank xizmatlarini taqdim etadi va Rossiya agrosanoat majmuasini moliyalashtirishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Bankning ovoz beruvchi aksiyalarining 100 foizi Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha Federal agentlik ko‘rinishida Rossiya Federatsiyasiga tegishli.

Aziya-Invest Bank (aksiyadorlik jamiyati) tomonidan 2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan "AziyaEkspress" pul o‘tkazmalari tizimi jismoniy shaxslardan hisobraqam ochmasdan pul mablag‘larini o‘tkazishni ta'minlaydi. «AziyaEkspress»® jismoniy shaxslar uchun hisobraqam ochmasdan pul o‘tkazmalari tizimi savdo belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisining Rossiya Federatsiyasi davlat reestridagi raqami - № 347941.

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.03.2024 12:50:48

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish