Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

Anorchilikni rivojlantirish bo’yicha tadbirkorlik subyektlari uchun qo’llanma

24.07.2020 171

O‘zmilliybank respublikamizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va ularning eksportini amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishda tadbirkorlik sub'ektlariga yaqindan yordam berib kelmoqda.

Jumladan, O‘zmilliybank tomonidan joriy yilning 13 iyul hamda 23 iyul kunlari Xorazm va Buxoro viloyatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, agrozonalarda zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokida onlayn videokonferensiya orqali “vebinar” tashkil qilindi.

photo_2020-07-24 2.36.06 PM.jpg

Vebinar davomida bank mas'ul xodimlari tomonidan tashabbuskorlarga kredit ajratish tartib-tamoyillari, bankda mavjud xorijiy kredit liniyalari va ularni jalb qilish shartlari, loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorning loyihadagi o‘z mablag‘lari bilan ishtiroki kamida 30 foizni tashkil etishi, shu jumladan import shartnoma qiymatining 15 foizi bo‘nak shaklida tadbirkor mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 6-8 iyul' kunlari hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, bank tizimini isloh qilish bo‘yicha kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida yangi loyihalarni amalga oshirishda birinchi navbatda tashabbuskorning mablag‘lari mavjudligi (kamida 30 foiz) va uni kafolatlangan qaytimiga jiddiy e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlab o‘tilgan.

IMG_3042.JPGIMG_3055.JPG

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub'ektlariga yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar, shu bilan birga Quva anorchilik tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida anorchilikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zmilliybank va Akademik M. Mirzaev nomidagi ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida ishlab chiqilgan qo‘llanma elektron shaklda taqdim etildi.

O‘zmilliybank tomonidan tashkil qilingan vebinar qizg‘in va muzokaralarga boy bo‘lib, tadbirkorlik sub'ektlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi.

Tadbirkorlik sub'ektlarini qiziqtirgan qo‘shimcha savollar bo‘yicha 78-147-15-26 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki bankning www.nbu.uz rasmiy veb sayti orqali ma'lumot olishlari mumkinligi ma'lum qilindi.

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “Bankir kundaligi” kanaliga @bankirbot boti orqali kelib tushgan...

17.09.2020

O`zmilliybank Rossiya banki moliyaviy xabarlar yetkazish tizimiga ulanadi

17.09.2020

AJ “O‘zmilliybank” Urgut filiali binosini kapital ta’mirlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

17.09.2020

“O‘zmilliybank” AJ Uychida eksprеss punkt qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

17.09.2020

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 18.09.2020 15:38:52

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2020 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.