2016-yilgi Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari loyihalarining asosiy ko'rsatkichlari tasdiqlandi

12.11.2015

Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati – 2016-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari loyihalarida qayd etilganidek, kelgusi yilda Respublika yo'l jamg'armasi hisobidan avtomobil yo'llarni, ko'prik va yo'l o'tkazgichlarni qurish va qayta qurish, yo'l atrofi infrastrukturasini rivojlantirish, avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash hamda texnikalar xarid qilish uchun 2,8 trln. so'm mablag'larini yo'naltiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-martdagi  2313-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2015-2019-yillarga muxandislik kommunikatsiyalari va yo'l-transport infrastrukturasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish Dasturiga asosan Respublika yo'l jamg'armasi hisobidan:

- umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun            1 582,6 mlrd. so'm (jami harajatlarning 55,7 foizi), shu jumladan 352,6 mlrd. so'm xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag'lari yo'naltiriladi. Natijada, 513,7 km xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'li, shu jumladan 449 km O'zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo'llari uchastkalari foydalanishga topshiriladi.

Jumladan, OTB imtiyozli qarz mablag'lari hisobiga 2016-yilda jahon talablari va andozalariga javob beradigan 191 km avtomobil yo'li quriladi, bu esa mamlakatimiz transport tizimining tranzit imkoniyatini oshirish imkonini beradi;

-  umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarini ta'mirlash va saqlash uchun 903,6 mlrd.so'm yo'naltirilib, bu esa 118 km umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'lini to'la tamirlash imkonini beradi;

- umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash uchun texnikalar xarid qilish uchun 100 mlrd.so'm yo'naltiriladi.

2016-yilda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari, umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash Jamg'armasi hisobidan ta'lim va tibbiyot muassasalarini qurish va qayta tiklash ishlari va jihozlash (qayta jihozlash) maqsadlari uchun  1,5 trln.so'm, shundan:

-umumta'lim maktablari bo'yicha – 480,7 mlrd.so'm 28 ta yangi maktablarni qurish, 339 ta umumta'lim maktablarini rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash uchun va ularni mebel, o'quv laboratoriya asbob-uskunalari va sport jihozlari bilan ta'minlash uchun;

-akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bo'yicha - 251,1 mlrd.so'm 120 ta akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash hamda kasb-hunar kollejlarining o'quv ishlab chiqarish ustaxonlarini 1223 to'plam zamonaviy dastgohlar va 661 to'plam ingliz tili fani xonalari uchun multimediya jihozlari bilan ta'minlash harajatlari uchun;

-tibbiyot muassasalari bo'yicha – 553,3 mlrd.so'm 168 ta tibbiyot muassasalarini, jumladan, 20 ta ruhiy asab kasalliklari dispanserlari, 11 ta oilaviy poliklinikalar, 99 ta tuman tibbiyot birlashmalarini  va 2 ta silga qarshi kurash dispanserlarini rekonstruksiya va kapital ta'mirlash maqsalari uchun yo'naltiriladi.

Bundan tashqari, bolalar va o'smirlar sport maktablarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni zarur sport anjomlari  va jihozlari bilan ta'minlash uchun O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi orqali 98,9 mlrd.so'm mablag'lar ajratib beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi 1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011-2016 yillarda oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash, sifatini tubdan yaxshilash Dasturining ijrosini ta'minlash maqsadida, Oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg'armasining asosiy parametrlarida oliy ta'lim muassasalarining o'quv laboratoriya korpuslari, talabalar turar joylari va sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash maqsadida Davlat byudjeti va homiylik mablag'lari hisobidan 2016-yilda               355,6 mlrd.so'm mablag' ajratilishi ko'zda tutilgan.

Xususan, 2016-yilda ko'zda tutilgan limitlar doirasida 14 ta oliy ta'lim muassasalarining 52 ta obyektlarida qurilish, rekonstruksiya  va kapital ta'mirlash ishlari, jumladan:

- 1 400 o'rinli 2 ta o'quv korpusi, 400 o'rinli 1 ta talabalar turar joyi va 2 ta sport inshootini qurish; - 21 685 o'rinli 23 ta o'quv korpusi, 2 480 o'rinli 8 ta talabalar turar joyi, 2 ta axborot-resurs markazi va 3 ta oshxona binosini rekonstruksiya qilish;  - 5 230 o'rinli 5 ta o'quv korpusi, 840 o'rinli 2 ta talabalar turar joyi,  3 ta sport inshooti va 1 ta madaniyat saroyini kapital ta'mirlash ishlari ko'zda tutilgan.

Shuningdek, o'quv jarayonini tubdan yangilash va mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada oshirish maqsadida 2016-yilda qurilish, rekonstruksiya va kapital ta'mirlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan oliy ta'lim muassasalari obyektlarini o'quv mebellari, axborot-kommunikatsiya texnikalari, sport anjomlari, maishiy texnika vositalari, shuningdek, zamonaviy o'quv-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash maqsadida, 100,0 mlrd.so'm mablag' ajratish belgilangan.

Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Jamg'armasining 2016-yilgi harajatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi “2013-2017-yillar davrida sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  1958-sonli qaror asosan belgilangan maqsadli parametrlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Yuqorida ko'rsatilgan Davlat dasturi doirasida, 2016-yilda sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Jamg'armasi yerlarning meliorativ holatni yaxshilash tadbirlari uchun     422,0 mlrd so'm mablag' yo'naltirish rejalashtirilmoqda.

Buning natijasida quyidagilar: - 739 km kollektor tarmoqlarini, 337 km yopiq-yotiq kollektor drenaj tarmoqlarini, 115 ta vertikal drenaj quduqlarni, 5 ta meliorativ nasos stansiyalarni,            1 086 ta kuzatuv quduqlarini va 6 ta yirik gidrotexnik inshootlarni, 3 km inpektorlik yo'llarni qurish va qayta qurish ishlari amalga oshiriladi; - umumiy uzunligi 13,9 ming km kollektorlarini, 1,7 ming km yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 790 ta vertikal drenaj quduqlarini, 24 ta meliorativ nasos stansiyalarini, 1 500 ta gidrotexnik inshootlarini ta'mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi; - melioratsiya va suv xo'jaligi qurilishi hamda ekspluatatsiya korxonalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 152 ta meliorativ texnika va uskunalar yetkazib beriladi;

- 5,3 ming gektarda tomchilatib sug'orish tizimini joriy qilish uchun qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida, 282,0 ming gektar sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilanishiga erishiladi, shuningdek, qishloq xo'jaligi mahsulotlari hosildorligi o'sishiga va fermer xo'jaliklari daromadlari oshishiga imkon beradi.

2016-yilda O'zbekiston Respublikasining Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi daromadlari asosan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ish haqi fondidan majburiy ajratmalari hisobidan shakllanib, ishsizlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari, bandlikka ko'maklashish Markazlarini saqlash harajatlarini oshirishni, ishsizlik bo'yicha nafaqalar to'lashni ta'minlaydi.

Soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish bo'yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda: Davlat byudjetining daromadlari (davlat maqsadli jamg'armalarisiz)                         40,5 trln.so'mni; Davlat byudjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamg'armalarisiz) 42,7 trln. so'mni;

Davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlari va harajatlari 23,4 trln. so'mni tashkil etadi.

Davlat byudjetining taqchilligi YAIMga nisbatan 1,0 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda va uni respublika byudjetining erkin qoldiq mablag'lari, ya'ni 2016-yil 1-yanvar holatiga aylanma kassa mablag'larining zaruriy hajmidan ortgan qismi va boshqa noinflyatsion manbalar hisobidan qoplash mo'ljallanmoqda.

 

 

UzReport






So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz